Toshkent davlat transport universiteti

Nima uchun hayriya qilish kerak

Talabalarni qo'llab-quvvatlash, ilg'or tadqiqotlarni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarga yechim topish - Transport universitetiga hayriya qilishning juda ko'p sabablar bor. Qanday xayriya qilganingizdan qat'iy nazar, Sizning hayriyangiz ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Maqsadli kapital jamoat fondi

Talabalarni qo'llab-quvvatlang

Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi orqali yordam qo'lini uzatish - bu Transport universiteti talabalari hayotini o'zgartirishning samarali usulidir. Siz ko'rsatayotgan yordam talaba-yoshlar uchun juda muhimdir. Sizning bu saxovatingizdan 18000dan ortiq talaba bahramand bo‘lmoqda.

Bizning jamiyatimizga qo'shiling

Barcha yangiliklar va tadbirlardan xabardor bo'ling


Hoziroq qo‘shiling

FOND FAOLIYATINING ASOSIY MAQSADI

Fond faoliyatining asosiy maqsadi Toshkent davlat transport universitetining xodimlari va talabalarini dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari,


ilmiy tadqiqot institutlari hamda xalqaro tashkilotlarida malaka oshirishi va taʼlim olishini, stajirovka o‘tashini tashkil etish, turli grantlar ajratish, talaba va xodimlarni har tomonlama moddiy rag‘batlantirish orqali kadrlar salohiyatini rivojlantirish, shuningdek moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashishdan iborat.

Fond o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:


  • jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘larini jalb etish bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirish;
  • TDTU rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;
  • iqtidorli, bilimli talabalarning o‘z bilimlarini yana-da mustahkamlashlari uchun zarur bo‘ladigan o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek ularning o‘z ustida ishlashlari va bilimlarini muntazam rivojlantirishga intilishlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
  • talabalarning tuman, viloyat, respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan (bilimlar sohasi, sport, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa tadbirlar) turli musobaqalarda faol ishtirok etishiga hamda tanlovlar g‘oliblari va ularning murabbiylarini taqdirlash va rag‘batlantirishga hissa qo‘shish;
  • kam taʼminlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvchi talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash;
  • ijtimoiy faol va TDTUda ko‘p yillar mobaynida mehnat faoliyatini olib borgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek xodimlarni uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy bilan taʼminlash va boshqa sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish;
  • yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadida TDTU xodimlari, doktorantlari va talabalarini rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim, ilmiy muassasalari va boshqa nufuzli tashkilotlariga taʼlim olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, stajirovka o‘tash va malaka oshirishga yuborish bo‘yicha stipendiya va grantlar eʼlon qilish;
  • iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni, shuningdek yuqori natijalarga erishayotgan tashabbuskor yoki moddiy yordamga muhtoj xodimlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga ko‘maklashish;
  • TDTU moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, xususan xalqaro darajadagi oliy taʼlim muassasasi bo‘lishi uchun zamonaviy kampusini barpo etish va jihozlash uchun moddiy ko‘maklashish;
  • qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan har qanday shakllarda xodimlar va talabalarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.
Siz talabalarni qo'llab-quvvatlashning eng qulay usulini tanlashingiz mumkin: Uzcard, Humo kartalari va MasterCard, Visa to‘lov tizimlaridan ham qo‘llab-quvvatlash mavjud.
1.000.000 sum

Standart

Uzcard, Humo
5.000.000 sum

Platinum

Uzcard, Humo
sum

Ixtiyoriy

Uzcard, Humo
Siz talabalarni qo'llab-quvvatlashning eng qulay usulini tanlashingiz mumkin: Uzcard, Humo kartalari va MasterCard, Visa to‘lov tizimlaridan ham qo‘llab-quvvatlash mavjud.
200 $

Standart

Visa, MasterCard
399 $

Premium

Visa, MasterCard
999 $

Platinum

Visa, MasterCard
$

Optional

Visa, MasterCard