Fanni o’qitishdan maqsad tayyorlanayotgan mutaxassisga avtomobillarda tashish va uni tashkil etish sohasida avtomobillardan yuqori darajada foydalanish, ularning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish muammolari haqida nazariy va amaliy bilimlarni berishdir.
Transport logistikasi
kafedrasida 2 ta fandan laboratoriya mashg’ulotlari olib boriladi va ular
quyidagilardan iborat:
1. Avtomobillarda tashish va harakat
xavfsizligini tashkil etish asoslari;
2. Logistika va ta’minot zanjirlarida
intellektual tizimlar.
Fanni
o’qitishdan maqsad tayyorlanayotgan mutaxassisga avtomobillarda tashish va uni
tashkil etish sohasida avtomobillardan yuqori darajada foydalanish, ularning
atrof muhitga ta’sirini kamaytirish muammolari haqida nazariy va amaliy
bilimlarni berishdir. Ushbu fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy
ko’nikmalar, avtomobillardan yuk va yo’lovchilarni tashish hamda harakat
xavfsizligini tashkil etish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha
talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yilda.
Talaba:
-transportda
yuk va yo’lovchilar, yo’lovchilar tashishning asosiy elementlari;
-avtomobillarda asosiy ish ko’rsatkichlari;
-avtomobillar
ish unumdorligi;
-yo’l
harakatini tashkil etishning maqsadi va vazifalari
-yo’l
sharoitini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularning harakat xavfsizligiga
ta’siri haqida tasavvurga ega bo’lishi;
-avtomobillarni tanlashni;
-avtomobillar
harakartini tashkil etishni;
-transportda
ortish-tushirish ishlarini tashkil etishni;
-avtomobillarda yo’lovchilar tashishni tashkil etishni;
-avtomobillarda yo’lovchilar tashishni tashkil etishni;
-yo’l-transport hodisalari ta’rifi, turlarini;
-xavfsiz harakatlanishni ta’minlashda
avtomobillar texnik holatining ahamiyatini bilishi va ulardan foydalana olish;
-avtomobillar ish ko’rsatkichlarini
hisoblash;
-yo’lovchilar tashish ishlarini
takomillashtirish;
-yo’l-transport hodisalarini va ularning
ko’rsatkichlarini aniqlash;
-yo’l harakatini tashkil etishning uslubiy
asoslari va amaliy tadbirlarini ishlab chiqish ko’nikmalariga ega bo’lishi
kerak.
Laboratoriya jihozlari sifatida 15 ta kompyuter
va ularga ajratilgan stol-stullar, undan tashqari 10 ta partalar, 1 ta proyektor,
1 ta parda va dasturiy ta’minotlardan foydalanib kelinmoqda.
Dasturiy ta’minot sifatida ANY LOGIC, Visum, QGIS
kabi dasturlardan foydalaniladi.
ANY LOGIC dasturi orqali yuk tashish,
yo’lovchi tashish, yuklarni xalqaro tashish, yuk terminallari, transport
korxonalari ishini tashkil etish va boshqarishni imitatsion modeli tuziladi.
Visum dasturida transport yo’llarida
harakatni boshqarish imkoniyati ko’rib chiqiladi. Va unda harakatsiz
simulyatsion modelini tuzish imkoniyati bor.
QGIS dasturida esa transport vositasini, yo’lovchini harakatini, geoaxborotini, uning harakatini, harakat tezligini o’rganish uchun xizmat qiladi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar