O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy
rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra har yili mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish,
ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga
keng jalb etish, iqtidorli talabalar va magistrantlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda munosib taqdirlashga alohida e’tibor berilmoqda. Shu
munosabat bilan har yili Toshkent davlat transport universitetida o‘qishi davomida a’lo baholarga o‘qiyotgan va ilmiy (ijodiy) ishlarda faol ishtirok etayotgan iqtidorli talabalar hamda
magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezident va nomli davlat stipendiyalari tayinlanib kelinmoqda. |
Toshkent davlat transport
universiteti iqtidorli talabalari va magistranlari sazovor
bo‘lishi mumkin bo‘lgan
davlat stipendiyalari:
·
Prezident stipendiyasi, (bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi kurs talabalari hamda magistratura bosqichi
talabalari);
·
Navoiy
nomidagi davlat stipendiyasi, (bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga);
·
Beruniy
nomidagi davlat stipendiyasi, (bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga);
·
Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, (bakalavriat bo‘yicha
o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi
nomzodlarga quyidagi talablar belgilangan:
·
a’lo o‘qish
va ilmiy (ijodiy)
ishlarda ishtirok etish;
·
yo‘nalishlar bo‘yicha
konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
·
O‘zbekiston tarixini
bilish;
·
tillarni — davlat
tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan
tashqari) tilni bilish;
·
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar uchun esa
o‘qish olib boriladigan tilni qo‘shimcha ravishda bilish talab qilinadi.
Beruniy, Navoiy va Islom
Karimov nomli davlat stipendiyasi (Bakalavriat bosqichi talabalari uchun) |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi (Bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari
uchun) |
ü Passport nusxasi; ü
Malumotnoma (объективка); ü Reyting daftarchasi nusxasi yoki transkript ü (Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari umumiy hisoblanganda “yaxshi” baho 20 % dan
oshmasligi shart); ü Dekanat va kafedra tavsiyanomalari; ü Chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yhati; ü Ilmiy maqola va tezislarga annotatsiya; ü Ilmiy maqola va tezislarning bosma
nusxalari; ü Talabaning ilmiy ishi bo‘yicha ilmiy rahbar va kafedraning
tavsiyanomasi; va boshqa xujjatlar (faxriy yorliq, sertifikat, diplomlar) |
ü Passport nusxasi; ü Malumotnoma (объективка); ü Reyting daftarchasi nusxasi, yoki
transkript ü (Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari faqat “a’lo”
bo‘lishi shart); ü Dekanat va kafedra tavsiyanomalari; ü
Chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yhati; ü Ilmiy maqola va tezislarga annotatsiya; ü Ilmiy maqola va tezislarning bosma nusxalari; ü Talabaning ilmiy ishi bo‘yicha ilmiy rahbar va kafedraning
tavsiyanomasi; va boshqa xujjatlar (faxriy yorliq, sertifikat, diplomlar) |
·
barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki
papkaga joylangan holda taqdim etiladi. (Muqovada davlat stipendiyasining nomi,
talabgorning familiyasi, ismi va otasining
ismi, fakulteti, kursi,
guruhi ko‘rsatiladi).
·
Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab,
bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy
rioya qilgan holda tayinlanadi;
·
Prezident stipendiyasi sohiblari
bo‘lgan magistratura bosqichi talabalari oliy
ta’lim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida
tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qabul
qilinadi;
·
Prezident stipendiyasi sohiblari
bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatgandan so‘ng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli
mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar, hamda
xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo‘ladilar.
ESLATMA: Davlat stipendiyalariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan
talabgorlar shunga alohida
e’tibor qaratishi kerakki,
nomzodlar uchun qo‘yiladigan eng asosiy talab bu - ilmiy (ijodiy) ishlar
hisoblanadi. Talaba bakalavr bosqichining dastlabki kursidan boshlab ma’lum bir yo‘nalish
va ilmiy ustoz tanlab olish lozim. Shuningdek, tanlab olingan mavzu yo‘nalishida ilmiy (ijodiy) ishlarni
puxta tayyorlab borish
maqsadga muvofiq. Talabaning davlat stipendiyasiga munosib ekanligini asosan uning ilmiy ishlari belgilaydi. Shuning uchun ilmiy (ijodiy) ishlarga e’tibor qaratish eng muhim jarayonlardan hisoblanadi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar