Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun Toshkent davlat transport universitetiga Yaponiya Respublikasining delegatsiyasi tashrif buyurdi. Uchrashuvda Yaponiya tomonidan dunyoning TOP-4 taligiga kiruvchi Xalqaro audit-konsalting kompaniyasi Deloitte Tohmatsu loyiha menedjerlari Deddi Eka va Xarada Takamachi, “Smart City Research” instituti prezidenti Chjao Boyuy hamda Sun’iy intellekt jamoasi menedjeri Lyu Szyamin, shuningdek, uchrashuvda universitetimizdan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Bahodir Turayev, Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti dekani O‘roqov Asliddin Xushvaqtovich, “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi mudiri Axmatjanov Ravshanjon Nematjonovich, “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedra mudiri Xudayqulov Rashidbek Mansurjonovich, “Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi mudiri Xoliqov Alisher Isan oʻgʻli hamda Xalqaro bo‘limi vakili Melike Basbinar xonimlar ishtirok etdi. Mehmonlar dastlab universitetimizning Lyu Ban ustanxonasi, Coworking zonasi, universitet muzeyiga va stansiyadagi elektr o‘tkazgichni almashtirish bo‘yicha ish texnologiyasi (VR) laboratoriyasi bilan tanishdi. Shundan soʻng, ikki tomonlama muzokaralar olib bordi hamda uchrashuv so‘ngida ikki tomon oʻzaro hamkorlik memorandum imzoladi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar