Tabiiy fanlar
Bu
qurilma orqali sirpanish ishqalanish koeffitsientlarini aniqlash imkonin
beradi
Sirpanish ishqalanish
koeffitsientlarini aniqlash
laboratoriyasining umumiy ko'rinishi.
Agar jismga
uning boshqa jismga tegib turgan sirti bo‘ylab ta’sir qiluvchi kuch
tinchlikdagi ishqalanish kuchining chegaraviy qiymatidan katta bo‘lsa, u holda
jism tezlanish oladi va tinchlikdagi ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish
kuchiga o‘tadi. Sirpanish ishqalanish
kuchi ishqalanuvchi sirtlarning tabiatiga va holatiga hamda jismlarning
bir-biriga nisbatan tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Dastlab nisbiy tezlikning
ortishi bilan ishqalanish kuchi bir oz kamayadi, so‘ngra esa orta boshlaydi.
Sirtlarning holati o‘zgarmaydigan bo‘lsa (sirtlarning silliqlanishi, qizishi va
hokazolar hisobiga) sirpanish ishqalanish kuchi tezlikka deyarli bog‘liq bo‘lmay,
tinchlikdagi ishqalanish kuchining maksimal qiymatiga teng bo‘lib qoladi.
Sirpanish
ishqalanishi mikro o‘lchamdagi g‘adir-budurliklarning plastik deformatsiyasi va
ularning qisman buzilishi natijasida yuzaga keladi. Jismlarning o‘zaro
bir-birining sirtida sirpanishi mikro o‘lchamdagi g‘adir-budurliklarning
teshiklarining kamayishiga va sirtlarning bir-biriga yopishib qolishining
kamayishiga olib keladi, natijada sirpanish ishqalanish koeffitsienti
tinchlikdagi ishqalanish koeffitsientidan kichik bo‘ladi.
Sirpanish
ishqalanish kuchi jismning tezligiga qarama-qarshi yo‘nalganligi sababli
ishqalanish kuchining bajargan ish har doim manfiy bo‘ladi. Ishqalanish kuchi
mavjud bo‘lganda mexanik energiyaning dissotsiatsiyasi, ya’ni
ishqalanayotgan jismlarning ichki
energiyasiga o‘tishi kuzatiladi.
Mаtemаtik mаyatnik deb, оg’irligi vа cho’zilishi hisоbgа оlinmаydigаn ipgа оsilgаn mоddiy nuqtаdаn ibоrаt bo’lgаn sistemаgа аytilаdi. Amalda uzun ipgа оsilgаn vа o’lchаmi ipning uzunligigа nisbаtаn judа kichik bo’lgаn оg’ir shаrchаni mаtemаtik mаyatnik deb hisоblаsh mumkin.
Matematik
va mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash laboratoriya
qurilmasining umumiy korinish.
Mаyatnik gаrmоnik tebrаnmа hаrаkаt qilаdi. Nuqtаning gаrmоnik tebrаnishi deb, uning tаshqi kuch tа’siridа muvоzаnаt hоlаti аtrоfidа davriy ravishda tebranishiga аytilаdi. Bundа kuch nuqtаning muvоzаnаt hоlаti tоmоnigа yo’nаlаdi vа bu hоlаtdаgi siljishigа prоpоrsiоnаl bo’lаdi.
Ushbu laboratoriya qurilma bilan biz “Tekis tezlanuvchan harakatni
o’rganish” o‘quv - laboratoriya qurilmasi komplekti yordamida tekis
tezlanuvchan harakat qonunlarini o‘rganishdan iborat.
Ishning mazmuni tekis tezlanuvchan harakatda tezlanishni aniqlash, jism
bosib o‘tgan yo‘lining vaqtga bog‘liqligini aniqlash va bog’lanish grafigini
chizishdan iborat. Mazkur ishda “Tekis tezlanuvchan harakat” o‘quv-laboratoriya
qurilmasi (o‘quv stendi) komplekti yordamida
tekis tezlanuvchan harakat uchun bosib o‘tilgan yo‘lning vaqtga
bog‘liqligi aniqlanadi.
“Tekis
tezlanuvchan harakatni o’rganish”
laboratoriya qurilmasining umumiy ko’rinish.
Raqamli sekundomer.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar