IAAR agentligi bilan universitet xalqaro akkreditatsiyasi muhokama qilindi
Joriy yilning 27-fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.A.Gulamov, universitet vakillari hamda IAAR akkreditatsiya agentligi oʻrtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi universitet ta’lim yoʻnalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalarini hal etishdan iborat bo‘lib, buning natijasida bitiruvchi talabalarning mobilligini, xodimlar va talabalarning xalqaro mehnat maydonlaridagi likvidligini ta’minlashga erishiladi. Suhbat davomida Agentlikning ichki imkoniyatlari haqida ma’lumot berilib, kelgusida universitetimiz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi xodimlari Ipek Sinar va Komil Turayevlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ma’lumot uchun: IAAR – milliy darajada tan olingan (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova) xalqaro institutsional va ixtisoslashtirilgan (dasturiy) akkreditatsiyani amalga oshiruvchi mustaqil agentlik hisoblanadi. Shuningdek, mazkur Agentlik Rossiya, O‘zbekiston, Ruminiya davlatlarida xalqaro akkreditatsiyani amalga oshiradi va o‘z Sifat belgisini beradi. Uning faoliyati ESG standartlarini MDH mamlakatlaridagi OTMlar uchun qulay tarzda qo‘llashga yo‘naltirilgan.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar