Toshkent davlat transport universiteti vakillari xalqaro grantda ishtirok etmoqda
Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligining Fan qо‘mitasining granti asosida moliyalashtirilgan 2022 – 2024-yillarga mо‘ljallangan ilmiy va (yoki) ilmiy-texnik loyihalarda Toshkent davlat transport universiteti va “Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti” NAJ https://farabi.university/ bilan birgalikda 2022-yil 31-martda imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida “Magistral temir yо‘llarni tashxislashga mas’ul korxonalar xodimlarining ish vaqtini hisobga olish uchun dasturiy ta’minot, shu jumladan mobil ilovani ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-texnik loyiha bо‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqda. Ushbu loyiha “Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti” NAJning https://farabi.university/ “Iqtisodiyot va biznes oliy maktabi” fakultetida “Biznes texnologiyalari” kafedrasi katta о‘qituvchisi, PhD Adilova Nazdana Djems-Uatovna rahbarligida bajarilmoqda.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar