Germaniyaning Drezden texnika universiteti Xalqaro departamenti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat transport universiteti vakillari hamda Drezden texnika universiteti Xalqaro departamenti mas’ullari o‘rtasida muzokaralar olib borilib, unda universitetimiz iqtidorli talabalarini xalqaro loyihalar doirasida “spring school” va “summer school” (bahorgi va yozgi maktab) bo‘yicha amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish hamda doktorantlarning har yili ilmiy stajirovkasini muntazam ravishda tashkil etishga kelishib olindi.
Shuningdek, xalqaro ilmiy, amaliy anjumanlarni hamkorlikda tashkil etish, ilmiy loyihalar doirasida monografiya va maqolalar chop etish jarayonini jadallashtirishga e’tibor qaratildi. Natijada dunyoning TOP-300 OTMlari qatoriga kiruvchi ushbu universitet bilan ilmiy va o‘quv-uslubiy yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga erishildi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar