Universitetimiz vakillari "Yevropa kuni festivali"da ishtirok etdi
Joriy yilning 6-may kuni universitetimiz vakillari Toshkent Botanika bog‘ida o‘tkazilgan "Yevropa kuni festivali" da ishtirok etdilar. Tadbirda Yevropa ittifoqi va Yevropa Guruhi tomonidan moliyalashtiriladigan, O‘zbekistonda Faoliyat yuritayotgan 40 dan ortiq loyihalar ishtiroki kuzatildi.
Festivalga 5 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi. Mazkur Festival universitetda olib borilayotgan "TRIGGER" loyihasini keng ommaga yoyish bilan birga, Birlashagan millatlar tashkilotining 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish istiqbollarini oʼrganish imkonini berdi.
Tadbirda Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘lim boshlig'i Ulug‘bek Israilov, "TRIGGER" loyihasi ishtirokchisi Shaxnoza Xolbutaeva, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi mutaxassislari Sarvar Uktamov va Shahzod Yaxshiev hamda universitetimizning bir qator talabalari ishtirok etdilar.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar