Toshkent shahridagi maktab bitiruvchi sinf o’quvchilari o’rtasida targ’ibot tadbiri o’tkazildi
Oliy ta’lim muassasasi va maktab hamkorligini
rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlash,
bitiruvchi o‘quvchilarni eng mas’uliyatli damda kasbiy yo‘naltirish yuzasidan
kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida Universitetning Avtomobil
yo’llari muhandisligi fakulteti professori B.D. Salimova, assissentlar F.J.
Saydametova, J.Rahmonov, M. Muhammajonovlar tomonidan joriy yilning 24-may kuni
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 294-umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchi
sinf o’quvchilari o’rtasida targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbirda
ma’ruzachilar universitet ta’lim yo’nalishlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan
shart-sharoitlar va imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumotlar bildirdi. Suhbat
yoshlarda juda katta taassurot qoldirdi va ularning kelajakda qaysi kasbni
egallashga bo‘lgan istak-hohishini hal etishga va yanada mustahkamlashga yordam
beradi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar