Xitoyning “Energy China” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Bir makon, bir yo‘l” dasturi doirasida Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat oliy ta’lim sohasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Xitoyning “Energy China” kompaniyasi bilan imzolangan memorandumga asosan joriy yilning 14-iyun kuni universitetimizda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur kompaniyaning 21 nafar vakili ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida tashkil etilgan seminar davomida universitet talabalarining bilim va qobiliyatlarini rivojlantirish, imtiyozli diplomga ega boʻlgan bitiruvchi talabalarni “CEEC International” kompaniyasiga ishga joylash masalalari muhokama etildi hamda universitet qoshida ochilayotgan “Luban ustaxonasi”da “CEEC International” va Oʻzbekistondagi Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi tomonidan faol mashg‘lulotlar tashkil etishga kelishildi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar