Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar uchun diplom topshirish marosimi oʻtkazildi
2023-yil 30-iyun kuni Belarus milliy texnika universitetida Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar uchun diplom topshirish marosimi tashkil etildi.
Tadbirni BMTU rektori Sergey Vasilevich Xaritonchik kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tadbirda Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani Alimjon Axmadjanovich Riskulov ishtirok etib, bitiruvchilarga oʻz tilaklarini bildirdi va Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan ilk bitiruvchi talabalarga diplomlar topshirildi.
Tadbir yakunida BMTU rektori S.V.Xaritonchik tomonidan Universitet rektori O.K.Abduraxmanovga va Xalqaro taʼlim dasturlari fakulteti dekani A.A.Riskulovlarga ushbu sohani rivoji uchun qoʻshgan hissalari uchun tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Tashkil etilgan tadbir Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarda iliq ta’surot uygʻotdi va talabalar koʻnglida unutilmas xotiralar joy oldi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar