Belarus davlat aviatsiya akademiyasiga (BDAA) tashrif
Joriy yilning 4-iyul kuni Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani A.Riskulov Belarus davlat aviatsiya akademiyasiga (BDAA) tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida BDAA rektori A.Shegidevich va akademiya rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda Qo'shma ta’lim dasturlari bo'yicha yangi o'quv yiliga qabul rejalari, Transport universitetida Qo'shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan 2 bosqich talabalarining 3 bosqichda BDAA ga o'qishga jo'natish va ularga sharoit yaratish masalalari ko'rib chiqildi. Rasmiy uchrashuvdan so'ng akademiyada talabalarning o'qishi bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar va laboratoriyalar xonalari bilan tanishib chiqishdi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar