Toshkent davlat transport universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻquv kurslari tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi xodimlari va viloyatlardagi Transport boshqarmalari xodimlari uchun 17-18-avgust kunlari Toshkent davlat transport universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan xodimlar malakasini oshirish va amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv kurslari tashkil etildi.
Kurs davomida “VISUM dasturiy mahsuloti yordamida shahar transport tizimlarini modellashtirish”, “Yoʻnalishlar jozibadorligini oshirish”, “Shahar jamoat transporti tizimi” va boshqa mavzular boʻyicha maʼruzalar oʻqildi. Oʻquv kurslari onlayn tarzda tashkil etilib, tashkilotlardan 200 nafardan ortiq tinglovchilar ishtirok etishdi. Oʻquv kurslari universitetimizning yetakchi mutaxassislari, shuningdek “Simetra” xorijiy kompaniyasi ijrochi direktori Kristian Byotger hamda Jamoat transporti yechimlari boʻyicha direktori Vladimir Valdinlar tomonidan olib borilib, kurs tinglovchilariga sertifikatlar taqdim etildi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar