Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro taʼlim dasturlari yoʻnalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtihonlar boʻlib oʻtdi
Yangi oʻquv yilida Toshkent davlat transport universiteti 6 ta mamlakat bilan hamkorlikda 50 ta xalqaro taʼlim dasturlari yoʻnalishlarida abituriyentlarni qabul qilmoqda. Joriy yilning 26-avgust kuni Moskva aviatsiya instituti, Belarus davlat aviatsiya akademiyasi, Belarus milliy texnika universiteti, Belarus davlat transport universiteti hamda Rossiya transport universiteti bilan hamkorlikda ochilgan Qoʻshma taʼlim dasturlariga oʻqish istagini bildirgan abituriyentlardan taʼlim yoʻnalishlariga qarab fizika, matematika hamda ingliz tilidan test sinovlari boʻlib oʻtdi. Test sinovlarining natijalari universitetning rasmiy saytida eʼlon qilinadi hamda testdan muvafaqqiyatli oʻtolmagan talabalarga sentabr oyida qayta imtihon topshirish imkoniyati taqdim etiladi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar