Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani Belarus milliy texnika universitetida maʼruza qildi
Joriy yilning 31-avgust kuni Belarus milliy texnika universitetida Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani, BNTU faxriy professori Alimjon Risqulovning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi . Dastlab, Alimjon Ahmadjonovich barchani kirib kelayotgan bayram – Bilimlar kuni bilan tabrikladi. Professor o‘z nutqida TDTUning innovatsion rivojlanishi, universitetdagi o‘quv jarayoni hamda BNTU va boshqa xorijiy universitetlar bilan hamkorlikning samaradorligi mavzulariga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, universitetda ilmiy-tadqiqot ishlari faol rivojlanib borayotgani hamda belaruslik professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab ilmiy tadbirlar mavjudligini ta’kidladi. Uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti va O‘zbekistonning boy madaniyati haqida taqdimot videoroliklari namoyish etildi. Tinglovchilar ma’ruzachiga ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi, ularning ba’zilari ishchilarning ish yuklamasi va respublikadagi texnik ta’lim darajasi bilan bog‘liq.
Tadbir so‘nggida Alimjon Risqulov oliy o‘quv yurtlari talabalari va professor-o‘qituvchilarini yangi o‘quv yili bilan tabriklab, talabalarga sihat-salomatlik, bilim olishga ongli yondashishlarini tiladi hamda talabaning eng muhim vazifasi – darsda materialni o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llashdan iboratligini, shuningdek yuqori malakali mutaxassislarni puxta va professional tayyorlashda o‘qituvchilar va oliy o‘quv yurtlari rahbarlarining beqiyos o‘rni va mas’uliyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar