Toshkent davlat transport universiteti vakillari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oʻtkazilayotgan seminarda ishtirok etmoqda
Toshkent davlat transport universiteti vakillari Loyiha ofisi mutaxassislari tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oʻtkazilayotgan seminarda ishtirok etmoqda. Seminar davomida ilmiy natijalarga patent olish tartib-tamoyillarini takomillashtirish, AQSH tajribasini keng qoʻllash, startap loyihalarni tijoratlashtirish mexanizmlarini keng tatbiq etish boʻyicha trening boʻlib oʻtdi. Ushbu tabdir AQSH Savdo vazirligi masʼullari, Boston universiteti olimlari tomonidan “Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi sohasidagi huquqiy savodxonlikni oshirish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Mazkur seminar istiqbolda xorijiy texnologiyalar transferini jadallashtirish, universitet olimlarining ilmiy-tadqiqot natijalarini patentlash jarayonlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar