Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi
Universitetimizda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabini tashkil etish bo‘yicha aviakompaniya boshqaruv raisi bilan uchrashuv tashkil etildi. Bunda 2+2 dasturi asosida «Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi» yo‘nalishini ochish, tegishli laboratoriya jihozlari, trenajyorlar va o‘quv havo kemalari bilan taʼminlash bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, suhbat davomida fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlashda xorijiy yetakchi uchuvchi tayyorlash maktablaridan mutaxassislarni jalb etish va maqsadli ravishda o‘zimizning professor-o‘qituvchilarni instruktorlikka o‘qitish, ularning malakasini oshirish hamda mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar