Universitetimiz professor-oʻqituvchilari va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ soha rahbarlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329-sonli Qarorida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 8-yanvar kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJda Toshkent davlat transport universiteti professor-oʻqituvchilari va soha rahbarlari oʻrtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda temir yoʻl transporti uchastkalarida harakat xavfsizligini nazorat qilish va boshqarish tizimlarini avtomatlashgan mikroprotsessorli texnologiyalardan foydalangan holda ishlatish, temir yoʻl transportining yuqori tezyurar uchastkalarida harakat xavfsizligini taʼminlash va ishonchliligini oshirishda oʻzini-oʻzi tashhislovchi oʻlchash majmualarini zamonaviy mikroprotsessorli va simsiz texnologiyalar bazasida shakllantirish, stansiya, peregon va kesishmalarda mikroprotsessorli markazlashgan signallashtirish tizimidagi nazorat qilish va boshqarish qurilmalarining yuqori aniqlikda ishlashini taʼminlash masalalari yuzasidan ilmiy - amaliy ishlar muhokama qilindi. Suhbat davomida universitet olimlari tomonidan ishlab chiqilgan avtomatika va telemexanika mikroprotsessorli tizimlari bilan tanishib chiqildi. Shuningdek, Toshkent - Xojikent hamda Abliq - Jaloir uchastkalaridagi stansiyalarni, peregon va temir yoʻl kesishmalarini boshqarish va nazorat qurilmalariga universitet olimlari tomonidan yaratilgan mikroprotsessorli markazlashtirish tizimi asosida strelka va signallarni boshqarish (MPS), peregonlarni avtoblokirovkali va yarim avtoblokirovkali mikroprotsessorli tizim (MPAB/MAB) va mikroprotsessorli avtomatlashgan temir yoʻl kesishmalarini boshqarish tizimlarini (MAPS) joriy qilish hamda raqamli texnologiyalarni temir yoʻl transportida keng miqyosda qoʻllash va ishlab chiqish boʻyicha kelishib olindi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar