Hemis xodim
Hemis talaba
Elektron kutubxona
  • Moodle
    • Sirtqi
    • Masofaviy

Corp Mail
Journal TSTU
Store TSTU
  • UZ
    • RU
    • ENG
logo logo

  • Axborot xizmati
    • - Yangiliklar
    • - Kutilayotgan tadbirlar
    • - Videoroliklar
    • - Fotolavhalar
    • - OAV biz haqimizda
    • - Talabaga ko'rsatma
    • - Arizalar, takliflar hamda shikoyatlar
    • - Rektorga murojaat qilish
    • - Aloqa
    Universitet
    • Biz haqimizda
    • - Strategik rivojlantirish dasturi
    • - Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • - Tarix
    • - Asosiy ma'lumotlar
    • - Me’yoriy hujjatlar
    • - Moliyaviy hisobotlar
    • - Universitet nizomi
    • - Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • - Gender tenglik
    • Tuzilma va boshqaruv organlari
    • - Tashkiliy tuzilma
    • - Kuzatuv Kengashi
    • - Universitet Kengashi
    • - Jamoatchilik kengashi
    • - Rektorat
    • - Fakultetlar
    • - Kafedralar
    • - Boshqarma va bo'limlar
    • - Markazlar
    • - Muzey
    • - Sport majmuasi
    Ta‘lim
    • Boshqarma va bo'limlar
    • - O‘quv-uslubiy boshqarma
    • - Masofaviy taʼlim tashkil etish va rivojlantirish markazi
    • - Raqamli ta‘lim texnologiyalari markazi
    • - Axborot-resurs markazi
    • - Magistratura bo‘limi
    • - Tahririy nashriyot va poligrafiya bo‘limi
    • - Sirtqi bo‘lim
    • - Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi
    • Oliy ta'lim
    • - Malaka talablari
    • - O'quv rejalar
    • - Ta’lim darajasi va ta’lim shakllari
    • - Ta’lim yо‘nalishlari
    • - Ta’lim mutaxassisliklari
    • - Stipendiyalar
    • - Davlat imtihonlari
    • - Yozgi maktab
    • Qo'shimcha ta'lim
    • - Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi
    • - Bir million dasturchi loyihasi doirasidagi video darslar
    • О‘rta va professional ta’lim
    • - Texnikumlar
    • - Akademik litsey
    Ilm-fan
    • Bo'limlar
    • - Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi
    • - Ilmiy – innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi
    • - Iqtidorli talabalarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
    • - O’z-o’zini moliyalashtiradigan ilmiy-tadqiqot bo’limi
    • - Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi
    • - Ilmiy nashrlar bilan ishlash bo‘limi
    • Xalqaro dastur va reytinglar
    • - O’zbekiston OTM larining milliy reytingi
    • - Quacquarelli Symonds
    • - Times Higher Education
    • Jurnallar
    • - Transport vositalari va yo’llari ilmiy jurnali
    • - Temir yo’l transporti: dolzarb masalalar va innovatsiyalar
    • - Transport xabarnomasi
    • - “Muhandis” xalqaro ilmiy jurnali
    • - Transport va texnologik mashinalar xalqaro jurnali
    • - Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish xalqaro ilmiy jurnali
    • - Axborot tizimlari. Texnologiyalari. Transport
    • Ilmiy kengashlar
    • - Ilmiy darajalar beruvchi kengashlar
    • - Mavjud ixtisosliklar
    • - Malakaviy imtihonlar
    • - Doktorantura
    • Ko‘rsatkichlar
    • - Universiteti olimlarining ilmiy faoliyat natijalari
    • - Maqolalar
    • - Patentlar
    • - Monografiyalar
    Xalqaro aloqalar
    • Boshqarma va bo'limlar
    • - Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
    • - Akademik mobillik, xorijiy grantlar va institutlar bilan ishlash bo'limi
    • - Xalqaro ta’lim dasturlari bilan ishlash bo'limi
    • - Xorij bilan hamkorlik markazi
    • - O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik markazi
    • - “Language Club” xorijiy tillar markazi
    • Faoliyat
    • - Amaldagi loyihalar
    • - Xalqaro hamkorlar
    • - Xorijiy talabalarga
    • - Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar
    • - Xorijda malaka oshirish va ta’lim
    • - Work and Travel
    • - Erasmus
    Ma‘naviyat
    • Madaniy-ma’rifiy faoliyat
    • - Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
    • - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi
    • - To‘garak va klublar
    • - Tanlovlar, musobaqa va stipendiyalar
    • - Talabalar shaharchasi
    • - Muzey
    • - Psixologik Yordam Markazi
    • - Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim
    • - Talabalar hayotidan fotogalereya
    • - Maqsud Shayxzoda stipendiyasi
    • - Universiteti odob-axloq kodeksi va ichki - tartib qoidalari
    • Jamoat birlashmalari
    • - Jamoatchilik Kengashi
    • - Ma’naviyat va ma’rifat kengashi
    • - Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi
    • - Nuroniylar kengashi
    • - Talabalar Kengashi
    • - Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
    • - “Transportchilar” sport klubi
    Qabul komissiyasi
    • - Qabul komissiyasi tarkibi
    • - Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga qabul
    • - Bakalavriatning sirtqi ta'lim shakliga qabul
    • - Bakalavriatning masofaviy ta'lim shakliga qabul
    • - Magistraturaga qabul
    • - 2- va undan keyingi oliy ta'limga qabul
    • - Xorijiy fuqorolar qabuli
    • - O'qishni tiklash
    • - Talabalar o'qishini ko'chirish
    • - Xalqaro ta'lim dasturlari
    • - Aloqa
    • - Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar
  • ENDOWMENT FUND
  • Axborot xizmati
    • Axborot xizmati
    • Rasmiy veb-sayt, ommaviy axborot vositalari, telegramm-kanal, Facebook sahifalarini axborot bilan ta'minlashi hamda boshqa axborot manbalari bilan ishlab, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifing va press-turlarni tashkil qilish orqali universitet faoliyati haqidagi axborotlarni muntazam, to‘liq va o‘z vaqtida berib borishi kerak.
    • Yangiliklar
    • Kutilayotgan tadbirlar
    • Videoroliklar
    • Fotolavhalar
    • OAV biz haqimizda
    • Talabaga ko'rsatma
    • Arizalar, takliflar hamda shikoyatlar
    • Rektorga murojaat qilish
    • Aloqa
  • Universitet
    • Universitet
    • Toshkent davlat transport universiteti transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
    • Biz haqimizda
    • Strategik rivojlantirish dasturi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Tarix
    • Asosiy ma'lumotlar
    • Me’yoriy hujjatlar
    • Moliyaviy hisobotlar
    • Universitet nizomi
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • Gender tenglik
    • Tuzilma va boshqaruv organlari
    • Tashkiliy tuzilma
    • Kuzatuv Kengashi
    • Universitet Kengashi
    • Jamoatchilik kengashi
    • Rektorat
    • Fakultetlar
    • Kafedralar
    • Boshqarma va bo'limlar
    • Markazlar
    • Muzey
    • Sport majmuasi
  • Ta‘lim
    • Ta‘lim
    • Universitet transport ta’lim sohasi bо‘yicha Respublikada tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bugungi kunda universitetda kredit-modul tizimi asosida aviatsiya transporti, temir yо‘l transporti, avtomobil transporti hamda qurilish sohalariga 60 ta bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va 41 ta magistratura mutaxassisligi bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
    • Boshqarma va bo'limlar
    • O‘quv-uslubiy boshqarma
    • Masofaviy taʼlim tashkil etish va rivojlantirish markazi
    • Raqamli ta‘lim texnologiyalari markazi
    • Axborot-resurs markazi
    • Magistratura bo‘limi
    • Tahririy nashriyot va poligrafiya bo‘limi
    • Sirtqi bo‘lim
    • Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi
    • Oliy ta'lim
    • Malaka talablari
    • O'quv rejalar
    • Ta’lim darajasi va ta’lim shakllari
    • Ta’lim yо‘nalishlari
    • Ta’lim mutaxassisliklari
    • Stipendiyalar
    • Davlat imtihonlari
    • Yozgi maktab
    • Qo'shimcha ta'lim
    • Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi
    • Bir million dasturchi loyihasi doirasidagi video darslar
    • О‘rta va professional ta’lim
    • Texnikumlar
    • Akademik litsey
  • Ilm-fan
    • Ilm-fan
    • Doimiy oʻsish imkoniyatidan foydalaning. Toshkent davlat transport universiteti илмий-тадқиқот департаменти iqtidorli talabalar, yosh olimlar va universitet professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda doimo yordam berib kelmoqda.
    • Bo'limlar
    • Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi
    • Ilmiy – innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi
    • Iqtidorli talabalarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
    • O’z-o’zini moliyalashtiradigan ilmiy-tadqiqot bo’limi
    • Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi
    • Ilmiy nashrlar bilan ishlash bo‘limi
    • Xalqaro dastur va reytinglar
    • O’zbekiston OTM larining milliy reytingi
    • Quacquarelli Symonds
    • Times Higher Education
    • Jurnallar
    • Transport vositalari va yo’llari ilmiy jurnali
    • Temir yo’l transporti: dolzarb masalalar va innovatsiyalar
    • Transport xabarnomasi
    • “Muhandis” xalqaro ilmiy jurnali
    • Transport va texnologik mashinalar xalqaro jurnali
    • Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish xalqaro ilmiy jurnali
    • Axborot tizimlari. Texnologiyalari. Transport
    • Ilmiy kengashlar
    • Ilmiy darajalar beruvchi kengashlar
    • Mavjud ixtisosliklar
    • Malakaviy imtihonlar
    • Doktorantura
    • Ko‘rsatkichlar
    • Universiteti olimlarining ilmiy faoliyat natijalari
    • Maqolalar
    • Patentlar
    • Monografiyalar
  • Xalqaro aloqalar
    • Xalqaro aloqalar
    • Chet el davlatlar bilan ta’lim sohasida tarjiba almashish, maqsadida ko‘plab dasturlar orqali professor-o‘qituvchilar va talabalarni xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tash hamda grant asosida o‘qish imkoniyatlarini yaratilmoqda.
    • Boshqarma va bo'limlar
    • Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
    • Akademik mobillik, xorijiy grantlar va institutlar bilan ishlash bo'limi
    • Xalqaro ta’lim dasturlari bilan ishlash bo'limi
    • Xorij bilan hamkorlik markazi
    • O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik markazi
    • “Language Club” xorijiy tillar markazi
    • Faoliyat
    • Amaldagi loyihalar
    • Xalqaro hamkorlar
    • Xorijiy talabalarga
    • Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar
    • Xorijda malaka oshirish va ta’lim
    • Work and Travel
    • Erasmus
  • Ma‘naviyat
    • Ma‘naviyat
    • Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish va ko‘maklashish maqsadida turli tadbirlar, tanlovlar va loyihalar tashkil etib kelinmoqda.
    • Madaniy-ma’rifiy faoliyat
    • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
    • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi
    • To‘garak va klublar
    • Tanlovlar, musobaqa va stipendiyalar
    • Talabalar shaharchasi
    • Muzey
    • Psixologik Yordam Markazi
    • Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim
    • Talabalar hayotidan fotogalereya
    • Maqsud Shayxzoda stipendiyasi
    • Universiteti odob-axloq kodeksi va ichki - tartib qoidalari
    • Jamoat birlashmalari
    • Jamoatchilik Kengashi
    • Ma’naviyat va ma’rifat kengashi
    • Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi
    • Nuroniylar kengashi
    • Talabalar Kengashi
    • Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
    • “Transportchilar” sport klubi
  • Qabul komissiyasi
    • Qabul komissiyasi
    • Toshkent davlat transport universiteti transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
    • Qabul komissiyasi tarkibi
    • Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga qabul
    • Bakalavriatning sirtqi ta'lim shakliga qabul
    • Bakalavriatning masofaviy ta'lim shakliga qabul
    • Magistraturaga qabul
    • 2- va undan keyingi oliy ta'limga qabul
    • Xorijiy fuqorolar qabuli
    • O'qishni tiklash
    • Talabalar o'qishini ko'chirish
    • Xalqaro ta'lim dasturlari
    • Aloqa
    • Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar
  • Til tanlash
    • UZ
    • RU
    • ENG

 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida transport va komunikatsiya sohasidagi ustuvor vazifalar


06.02.2024 Yangiliklar

O‘zbekiston – 2030


Mamlakatimiz rahbari tomonidan 2023 yilning 11 sentabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tog‘risidagi” Farmoni davlatimizning yaqin yillardagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab bergan muhim xujjat bo‘ldi.   O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishida transport va komunikatsiya sohasini sifat jihatdan rivojlantirish muhim o‘rinlardagi ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek,  “Hududlarning rivojlanishi uchun muhim omillardan biri – ular oʻrtasida transport aloqasini ta’minlashdir”. Buning uchun esa “Transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki yoʻnalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish”  kerak. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda fan, ta'lim va madaniyat, axborot texnologiyalari, innovasiya va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlari tafakkurini ijtimoiy munosabatlarning zamonaviy koʻrinishlariga moslashtirish va kommunikasiya hamda transport sohalarining chuqur falsafiy innovasion tahlili bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega boʻlib bormoqda. Bugun yurtimizda transport va komunikatsiya sohasiga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ana shu ezgu maqsadlarni  ro‘yobga chiqarish uchun Prezident Farmoni bilan “O‘zbekiston –2030” – strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi. Farmonga ko‘ra “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat. Ikkinchi yo‘nalish “Barqaror iqsidiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash” deb nomlanib, unda transport va komunikatsiya tizimi islohotlari bo‘yicha 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilab berilgan. Jumladan, 53-maqsadning “Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integrasiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish” deb nomlanganligi fikrimizni yorqin isbotidir. Ushbu maqsadda quyidagi vazifalarni hal etish belgilab olingan:
“Respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga etkazish. Shimoliy yoʻnalishda temir yoʻl orqali yuk tashish muddatlarini 40 foizga qisqartirish. Yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 3 barobar oshirish. Elektrlashgan temir yoʻllari ulushini 65 foizga etkazish. Aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oshirish. 56 ming kilometr yoʻllarni qurish va ta'mirlash.Temir yoʻl, havo yoʻllari transportida yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari tariflari shakllanishida bozor tamoyillariga oʻtish hamda sohaga xususiy va xorijiy operatorlarni jalb  qilish.
Tuman markazlaridan qishloq aholi punktlarigacha jami 5,5 ming kilometr sement-beton qoplamali yoʻllar qurish. Toshkent – Samarqand va Toshkent – Fargʻona vodiysi yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yoʻllarini qurish.
Shahar va tumanlarni jamoat transporti bilan toʻliq qamrab olish, yangi avtobuslar sonini 5 mingtaga va elektrobuslar sonini 2 mingtaga etkazish.Toshkent – Samarqand, Samarqand – Navoiy – Buxoro yoʻnalishlarida yangi tezyurar temir yoʻllarini qurish, tezyurar poezdlarda yoʻlovchi tashish sonini 2,5 barobar koʻpaytirish. Samaradorligi past boʻlgan hududiy aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish. Respublikaning 6 ta yirik aeroportini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida  modernizasiya qilish va xususiy aviakompaniyalar sonini 10 taga etkazish. Barcha aeroportlarda strategik hamkorlar bilan “Ochiq osmon” rejimini joriy qilish,  respublika aviaparkini 100 taga etkazish”.
Hech ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki yoʻllarning koʻpligi, maqbul kommunikasion tizimning mavjudligi shaharlar uchun suv va havodek zarurdir.
Kishilik jamiyati rivojidagi koʻp asrlik ushbu tarixiy haqiqat, ayni kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Hozir ham, zamonaviy dunyoda yoʻl – kommunikasiya masalalari oʻz ustuvorligini saqlab kelmoqda. Dunyo siyosiy xaritasiga nazar tashlasak, ushbu mulohazamiz oʻz tasdigʻini topadi. Ma'lumki, hozirgi kunda jahonda 230 ortiq davlatlar mavjudligi ta'kidlab kelinadi. Bu davlatlarning maydoni, aholisining soni, rivojlanish darajasi har-xil.  Masalan: AQSh, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malaziya, Saudiya Arabistoni, BAA, Quveyt va boshqalar. Sobiq ittifoq oʻrnida vujudga kelgan Latviya, Litva, Estoniya kabi davlatlar. Ushbu davlatlarning hammasida yoʻl – kommunikasiya masalalari toʻliq oʻz echimini topgan. Ya'ni, bu davlatlar toʻgʻridan-toʻgʻri dengizga chiqish imkoniga ega. Va aytish mumkinki, bunday imkoniyatning mavjudligi ushbu davlatlarning bugungi mavqeyiga erishishida hal etuvchi omillardan biri boʻlgan. Ayni damda ham juda katta imkoniyalarga ega boʻlgan jahonning etakchi davlatlari qoʻshimcha yoʻl – kommunikasiya yoʻlaklarini ochish boʻyicha ham raqobatlashishmoqdalar. Negaki, yangi transport koridorlarini ochilishi iqtisodiy salohiyatini oshishiga va siyosiy ta'sir doirasini kengayishiga olib boradi. Bunday kurashlar Evropada, Kavkazda va Osiyo mintaqasida keskin tus olmoqda. Albatta, yangi transport koridorlarini ochilishi, ozmi koʻpmi mintaqadagi rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotiga oʻz ta'sirini koʻrsatadi. Tabiiyki, bu ta'sir koʻproq ijobiy xarakterda boʻladi. Buning boisi, yoʻllarning qurilishi va yoʻllarda transportlarning gavjum boʻlishi, yoʻl boʻyidagi hududlar rivojiga qulay sharoit yaratadi. Shu sababli, rivojlanayotgan mamlakatlar ham, yangi transport koridorlarini yaratish loyihalarida ishtirok etishni ma'qul koʻrmoqdalar.
Ana shunday loyihalardan biri, Xitoy tomonidan ilgari surilgan «Bir makon, bir yoʻl» deb nomlanadi.
Shu kungacha, «Bir makon, bir yoʻl» loyihasi doirasida bir nechta xalqaro forum oʻtkazilgan. Mazkur forumlar yuksak darajada oʻtkazilib, ularda xalqaro hamkorlikka oid koʻplab dolzarb masalalar muhokama etilgan. Mazkur loyihaning Markaziy Osiyo respublikalari uchun, xususan, Oʻzbekiston uchun ahamiyati katta. Chunki, «Bir makon, bir yoʻl» loyihasi Oʻzbekistonga jahon bozoriga chiqish, shu maqsadda yangi kommunikasiya yoʻllarini ochish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Buni toʻgʻri anglagan Oʻzbekiston dastlabki kunlardanoq, «Bir makon, bir yoʻl» loyihasini ma'qulladi va uning faol a'zosiga aylandi. Loyiha miqyosida amalga oshirilishi kerak boʻlgan mahalliy va xalqaro transport yoʻllarini qurish ishlarini jadal sur'atlarda olib bormoqda. 2016 yilda Fargʻona vodiysi bilan bogʻlovchi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yoʻlining ishga tushirilishi  ezgu maqsad yoʻlida olgʻa tashlangan katta qadam boʻlgan. Ushbu yoʻlning qurilishi bilan Xitoygacha boʻlgan masofa 270 kilometrga qisqaradigan boʻldi. Endigi asosiy vazifa Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻlining qurilishidir. Kelgusida mazkur temir yoʻl liniyasining ishga tushirilishi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishiga shubha yoʻq. Bu imkoniyatlar quyidagi omillar bilan belgilanadi: birinchidan, ushbu temir yoʻl orqali Oʻzbekiston Xitoyga, Xitoy orqali Oʻrta va Uzoq Sharq mamlakatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniga ega boʻladi; ikkinchidan, mazkur mintaqalararo oʻzaro yuk tashish vaqti 5 – 6 sutkaga qisqartiriladi; uchinchidan, Oʻzbekiston hududidan Sharq bilan Gʻarbni bogʻlovchi xalqaro yoʻl oʻtadi. Natijada tranzit yuklardan olinuvchi mablagʻlar byudjetni yanada toʻldirishga xizmat qiladi.
Biroq bu, hozircha, kelgusidagi rejalar boʻlib turibdi. Ushbu temir yoʻl qurilishi uchun ma'lum bir tayyorgarlik ishlarini koʻrish taqozo etiladi. Temir yoʻl liniyasi oʻtadigan dovonlarda tunellar, koʻpriklar qurish, elektr liniyasini ulash, vokzallar va stansiyalar barpo etish va boshqa ishlar rejalashtirilmoqda. Eng avvalo, mazkur loyihani ruyobga chiqarish uchun mablagʻ topish, sarmoya kiritish vazifalarini hal etish jarayoni ketmoqda. Shu maqsadda Xitoy, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston tomonlari oʻzaro maslahatlashgan holda, kelajakda bunyod etilishi kerak boʻlgan, Sharq va Gʻarbni bogʻlaydigan yana bir muhim koʻprik boʻlishi kutilayotgan yoʻl qurilishi boʻyicha  qilinishi lozim boʻlgan ishlarni kelishib olishmoqda. Zero, bunday yirik loyihalar faqat hamkorlikdagina amalga oshiriladi va shundagina kutilgan natijani beradi.
Kommunikasiya tizimini rivojlantirish borasidagi hal etilishi lozim boʻlgan keyingi muhim  vazifa –  gʻarbiy, janubiy gʻarbiy va janubiy transport kooridorlarini ochish masalasidir. Bunda quyidagi yoʻnalishlardagi yoʻllarda muntazam transport aloqalarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda:
- Turkmaniston orqali Kaspiy dengiziga, undan Kavkaz, Eron, Turkiya va Evropa davlatlari bilan bogʻlaydigan gʻarbiy va janubiy gʻarbiy yoʻnalishlar;
- Afgʻoniston orqali Erondagi dengiz portlariga olib boradigan janubiy yoʻnalish;
- Afgʻoniston orqali Pokiston dengiz portlariga ulanishi kerak boʻlgan janubiy – Transafgʻon transport yoʻnalishi.
Ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro ahamiyatga molik ushbu yoʻnalishlarning barchasi ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvida va zamonaviylashuvida beqiyos ahamiyatga egadir.  Shu bois, ularni roʻyobga chiqarishning asosiy shartlaridan biri  – xalqaro hamkorlikning amalda oʻrnatilishidir. Agarda davlatlar oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini toʻliq ado etib, hamkorlar bilan bamaslahat ish tutsalar rejalashtirilayotgan transport koridorlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyilish jarayoni ham tezlashadi. Ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirmoqda. Avvalo, mamlakatimiz hududidagi avtomobil va temir yoʻllari jahon andozalari asosida qurilmoqda va ta'mirlanmoqda. Turkmaniston va Afgʻoniston  hududiga kirib chiqadigan nuqtalar avtomobil va temir yoʻllar bilan bogʻlangan.
Mintaqalararo transport koridorlarini yaratish, davlatlararo komunikasiya tizimini tuzish oson ish emas. albatta, buning uchun ahillik, juda katta matonat, mashaqqatli mehnat va uzoqni koʻzlab qilingan harakat kerak boʻladi. Shu ma'noda oladigan boʻlsak, koʻp sohalarda boʻlgani kabi, yoʻl – kommunikasiya borasidagi olamshumul oʻzgarishlar avvalo millatimiz, xalqimizning yutugʻidir.

J.S.Ramatov. Toshkent davlat transport universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, falsafa fanlar doktori, professor.
B.L.Salimov. Toshkent davlat transport universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti,Falsafa fanlar doktori.

Kategoriyalar

Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-trening

Oxirgi xabarlar

30/08/24
O‘quv kursi
Oliygohlar kadrlar bo‘limi boshliqlarining mehnat sohasiga oid kasbiy ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda
16/08/24
Qabul-2024
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar bilan suhbat.
10/08/24
RASMIY XABAR
Toshkent davlat transport universitetida 2024-2025 oʻquv yilida qabul qilingan bakalavriat va magistratura boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdorlari (yoʻnalishlar kesimida)
27/07/24
Davlat stipendiyalari uchun universitet bosqichi tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi
22/07/24
Bitiruvchi – 2024
Toshkent davlat transport universitetida “Bitiruvchi – 2024” diplom topshirish marosimi tashkil etildi

Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy
100167

rektorat@tstu.uz 1318

© 2020-2024 Toshkent davlat transport universiteti.


Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy
100167

rektorat@tstu.uz +998 71-299-00-01

© 2020-2024 Toshkent davlat transport universiteti.