Toshkent davlat transport universiteti vakillari tomonidan Nukus shahri transport Bosh rejasi taqdimot qilindi.
Toshkent davlat transport universiteti, Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti dekani K. Ziyayev, Transport vositalari muhandisligi kafedrasi professor-oʻqituvchilari U. Abdurazzoqov va A.Ikromovlar hamda horijiy ekspert V. Valdin ishtirokida Nukus shahri transport Bosh rejasi taqdimot qilindi. Bugungi kungacha Nukus shahrida bozor oldidagi jamoat transportlari kelib jamlanadigan toʻxtash joyi video kuzatuv moslamasi oʻrnatgan holda olingan maʼlumotlar tahlil qilindi va shu bilan birgalikda Nukus shahridagi bir nechta avtovokzallarida va Jamoat transporti bekatlarida xususan Saranji avtovokzali, Uzunkoʻl avtovokzali (eski Shimbay), Janubiy vokzal, A.Doʻsnazarov guzari -Beruniy koshesi kesishmasidagi Shar bazar bekati , 4R174 Qaraqalpaqstan koshesi -Ernazar Alakoʻz guzari, 4R191 M. Jumanazarov koshesi -4R176 Ernazar Alakoʻz guzarida, shaharlardan va tuman markazlardan kirib keluvchi transport va yoʻlovchi oqimi oʻrganildi va Ernazar Alakoʻz koʻchasida transport oqimi tahlil qilindi.Unga koʻra Nukus shahri transport modelini ishlab chiqish orqali, Nukus shahri jamoat transportining yangi tarmogʻi va transport xizmatlarini tashkil etish sxemasini ishlab chiqish, yoʻl va chorrahalarni oʻtkazuvchanligini yaxshilash, aholini transport xizmatlaridan foydalanish qulayligi va samaradorligini oshirish, yoʻl transport hodisalari sonini kamaytirish hamda harakat ishtirokchilarining havfsizligini taminlash, yoʻllarda harakatni tinchlantirish, yoʻl boʻyi parkovkalarini tartibga keltirish va transport infratuzilmasini takomillashtirish chora tadbirlari rejalarini ishlab chiqish kabi muhandislik ilmiy tadqiqot ishlari jadal suratda amalga oshirilmoqda.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar