Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqeyini oshirish, jamiyat va davlat boshqarishida faol ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida davlat organlari hamda tashkilotlarida genderga oid auditlarni oʻtkazishning huquqiy asoslari yaratildi, bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi. Bu boradagi ishlar faoliyatini oʻrganish maqsadida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi majlisining 6-sonli bayoniga asosan, Toshkent davlat transport universitetida genderga oid audit oʻtkazildi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar