Toshkent davlat transport universiteti va Andijon transport texnikumi oʻrtasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PF farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasidagi taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-5241-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi Professional taʼlimda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 648-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevraldagi nutqida kollej, texnikum va oliygohlarni uzviy bogʻlaydigan tizim joriy qilinishi zarurligi, professional taʼlim tizimida ham kredit modul tizimi joriy qilinishi, fanni oʻzlashtirish boʻyicha yetarli toʻplangan kreditlar oliygohlarda ham tan olinishi, bitiruvchilar 2+2 yoki 2+3 dasturlari asosida oliygohlarning 2-yoki 3-bosqichda davom ettirishi mumkin tizim yoʻlga qoʻyilishi, bitiruvchilar 2 yoki 3 yil ishlagandan soʻng tajriba orttirib bakalavr darajasini olish imkoniyatiga ega bo‘lishi maqsadida, Toshkent davlat transport universiteti va Andijon transport texnikumi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida Toshkent davlat transport universitetida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar bilan ilm-fan boʻyicha ish tajribalari hamda axborotlar almashish, Ilmiy-amaliy mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari va Respublika miqyosida ilmiy anjumanlar tashkil qilish va oʻtkazish, Toshkent davlat transport universitetidagi mavjud yoʻnalishlar kesimida, talabalarning zamon talabi darajasidagi mutaxassis boʻlib, yetishishlarida oʻquv rejalar va dasturlardagi mavjud fanlar orasidagi bogʻliqlikni oʻrganib chiqish, taʼlim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllashda hamkorlik qilish, mavjud yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikda oʻquv adabiyotlarini kʼrib chiqish oʻquv uslubiy qoʻllanmalar yaratish, oʻquv, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligi oshirishga xizmat qiluvchi va kredit-modul tizimini joriy qilish boʻyicha texnikum oʻqituvchilariga seminar tashkil qilish kelishib olindi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar