“Avtomobil va avtomobil xo’jaligi” kafedrasi talabalari nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalarida boʻldi
Toshkent davlat transport universiteti “Avtomobil va avtomobil xo’jaligi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalari “PIT STOP MOTORS” maʼsuliyati cheklangan jamiyatining zamonaviy avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish jihozlari bilan qayta jihozlangan “AVTOritet Severniy” filialiga tashrif buyurdi. Tashrif maqsad talabalarning nazariy, amaliy va labaratoriya mashgʻulotlari jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish, mutaxassislik boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Talabalarga zamonaviy avtomobillarga texnik servis koʻrsatish texnologiyalari, ularni davriyligi, qoʻllaniladigan texnologik jihozlar, yuritiladigan texnologik hujjatlar haqida professor-oʻqituvchilar va “PIT STOP MOTORS” masʼuliyati cheklangan jamiyatining rahbari Tadjibayev Abduforrux Abdunabiyevich va tomonidan toʻliq ma’lumot berildi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar