“Oʻzbekiston ilmiy – sinov va sifat nazorati markazi” DM UzTest laboratoriyalari majmuasiga ekskursiya tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan, besh muhim tashabbusni amalda tadbiq etish chora tadbirlari boʻyicha “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professor-oʻqituvchilari G.F.Rasulova hamda A.X.Jalilovlar MRT-1,2, MRA-1 guruhlarida tahsil oluvchi talabalarini “Oʻzbekiston ilmiy – sinov va sifat nazorati markazi” DM UzTest laboratoriyalari majmuasiga talabalarning bilimlarini bevosita amaliyot bilan bogʻlash maqsadida ekskursiya tashkil etildi.
Tashrifdan maqsad, talabalar olgan nazariy bilim va koʻnikmalarni amaliyot bilan bogʻlash, talabalarni bugungi kunda qoʻllanilayotgan zamonaviy sinov dastgohlari bilan tanishtirishdir.
Tashrif davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob olishdi.
Kelgusida shu kabi tashriflar sonini yanada oshirish boʻyicha kelishib olindi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar