ETS Global Tashkiloti va TOEFL Test Markazi bilan hamkorlikda xalqaro seminar boʻlib oʻtdi
Bugun Toshkent davlat transport universitetida ETS Global Tashkiloti va TOEFL Test Markazi bilan hamkorlikda xalqaro seminar tashkil etildi. Seminar asosiy maqsadi kasbni rivojlantirish va akademik muvaffaqiyatga erishishda ingliz tilini oʻrni va xalqaro darajadagi TOEFL, GRE kabi testlar haqida foydali va qiziqarli ma’lumotlarga ega boʻlashi hamda universitet o'qituvchilari, xodimlari va talabalarini bilim va malakalarini oshirish maqsadida tashkil etildi. Seminarga ETS Global Tashkilotining nufuzli vakillari tashrif buyurdi. Seminarda ETS Markaziy Osiyo va Markaziy Sharqiy Yevropa mintaqaviy direktori Anna Gutkowska, Markaziy Osiyodagi ETS Global vakili Sholpan Yergaliyeva, ETS Markaziy Osiyo ELT koordinatori Darya Nelidova va TOEFL TEST CENTER asoschisi va rahbari Dilmurod Sharifov soʻzga chiqdi. Hamkorlik doirasida Global tashkiloti TOEFL iBT testlariga talabalarni tayyorlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida treningda ishtirok etgan Xorijiy tillar kafedrasining 39 nafar professor-oʻqituvchilari sertifikat bilan taqdirlandi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar