Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchi talabalarini ishga qabul qilish boʻyicha suhbat tashkil etildi
Toshkent davlat transport universitetida Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchi kurs talabalari va ish beruvchilar bilan ishga taqsimot bo‘yicha dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJ, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, Termiz MTU, Qoʻqon MTU, Toshkent MTU, Qoʻngʻirot MTU, “Yoʻlrejtrans” AJ, Qarshi MTU, Quyuv-mexanika zavodi AJ, Korporativ munosabatlar departamenti, Moliya departamenti, Iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamenti, Personalni tayyorlash muassasasi, Axborot hisoblash markazi maʼsul xodimlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda masʼul xodimlar hamda fakultet bitiruvchi bosqich talabalari bilan ishga taqsimlash bo‘yicha suhbat jarayoni tashkil etildi. Suhbat jarayonlarida fakultetning 200 nafar bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Talabalardan 77 nafari tashkilotlarga ishga kirish uchun 1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar