Universitet talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi “Arqbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida boʻldi
Joriy yilning 20-aprel kuni Iqtisodiyot fakulteti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Marketing yoʻnalishi talabalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi “Arqbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida boʻldi. Ekskursiya davomida soha xodimlari oʻzlari faoliyat olib borayotgan bojxona postida har kunlik ish jarayoni bilan talabalarni yaqindan tanishtirdi. U yerda bojxona xodimlari va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif chogʻida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom-ashyo va materiallarning yangi turlarini oʻzlashtirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar