Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan temir yoʻl transportini rivojlantirishga oid ilmiy asoslangan takliflar koʻrib chiqildi
Bugun Oʻzbekiston temir yoʻllari rahbariyati hamda Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz transport xizmatlari bozoridagi raqobatni hisobga olgan holda temir yo‘l transportini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini izlash zarurdir. Bunda temir yo‘l uchastkalarining yuk o‘tkazish qobiliyatini jahon tajribasini qo‘llagan holda ko‘tarish qobiliyati va o‘qqa tushadigan og‘irligi yuqori bo‘lgan zamonaviy yuk vagonlaridan foydalanib oshirish maqsadga muvofiqdir.
Shu sababli bugungi uchrashuvda Toshkent davlat transport univesiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan temir yo‘l transportini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlaridan biri sifatida mamlakatimiz temir yo‘llarida ko‘tarish qobiliyati va o‘qqa tushadigan og‘irligi yuqori bo‘lgan zamonaviy yuk vagonlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan takliflar ko‘rib chiqildi. Kelgusida hamkorlikda koʻplab loyihalarda ishlashga kelishib olindi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar