Toshkent davlat transport universiteti voleybol qizlar terma jamoasi “Toshkent shahar hokimi kubogi” musobaqasida 2-oʻrinni egalladi
Joriy yilning 17-may kuni Toshkent shahridagi Jar sport majmuasida “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlari 2024” loyihasi doirasida voleybol boʻyicha qiz bolalar oʻrtasida “Toshkent shahar hokimi kubogi” musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Finalda Toshkent davlat transport universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi oʻzari bellashdilar. Musobaqa juda shiddatli tarzda boʻlib oʻtdi, yakuniy natijalariga koʻra Toshkent pedagogika universiteti jamoasi gʻolib boʻldi. Lekin bir jihatni alohida ta’kidlash kerak, qizlar voleybol jamoamiz bu yil ancha o‘sishga erishdi hamda sport sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘ladigan tengdoshlariga haqiqiy jangni ko‘rsatdilar. O‘ylaymizki, keyingi musobaqalarda ushbu jamoa go‘liblikni qo‘lga kiritadi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar