“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalarida boʻldi
Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari va talabalari “BYD” kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dileri “BYD Astana motors” Sirg‘ali tumani filialida bo‘ldi. Tashrifdan asosiy maqsad “Elektromobil” yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini yanada oshirish, ta’limning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi talabalarini aynan elektromobillar va gibrid avtomobillar bilan kasbiy faoliyatini bog‘lashga qaratilgan. Tashrif davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan javob olishdi. Shuningdek, mazkur o‘quv yilida ushbu ta’lim yo‘nalishidagi talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi va rejasi ishlab chiqildi. Kelgusida ishlab chiqarish amaliyotlarini aynan ushbu korxona filiallarida davom ettirishga kelishib olindi.
Kategoriyalar
Yangiliklar Vebinar Tadbirlar Talaba hayoti Interaktiv xizmatlar Jamiyat E'lon Ilmiy markazlar O‘quv laboratoriyalari Kutilayotgan tadbirlar Xalqaro ta’lim dasturlari Ta‘lim Ilm-fan Xalqaro aloqalar Ma‘naviyat Qabul Bitiruvchi Tanlovlar OAV biz haqimizda Xalqaro hamkorlik Dissertatsiya ishi muhokamasi Seminar-treningOxirgi xabarlar