Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi
Bo'limning maqsadi - universitetning tarkibiy bo‘limlari bilan birgalikda universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar QS (Quacquarelli Symonds) va THE (Times Higher Education) reytinglarining birinchi 1000 taligiga kiritish bo‘yicha ishlarni tizimli amalga oshirish.
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Universitetda amalga oshirilayotgan islohotlarning ko‘lamini tizimli tahlil qilib borish va ularni universitet uchun ustivor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda universitet o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash;
Universitet uchun ustivor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda universitet o‘rnini yaxshilash maqsadida ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan oliy ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Universitetning ustuvor xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Universitet uchun ustivor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda qatnashishni ta’minlash;
Universitet akademik va kadr iste’molchilari doiralarini sifatli shakllantirish;
Fakultetlar, kafedralar va universitetning boshqa tarkibiy bo‘linmalari kesimida universitetning xalqaro reytingiga qo‘shayotgan hissasi ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Universitetda barqarorlikni ta’minlash – asosiy vazifamiz
Toshkent davlat transport universitetida universitetni strategik rejalashtirish, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlik tamoyillari asosida rivojlantirish mas'uliyati Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limiga yuklatilgan bo'lib, ushbu bo'lim xodimlaridan Yaxshiyev Shahzod Sherali o'g'li universitetda barqarorlik bo'yicha koordinator sifatida o'z vazifalarini bajaradi. Asosiy vazifasi - barqarorlik tamoyillarini tahlil qilish, universitetda iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy barqarorlik hamda ekologik barqarorlik bo'yicha mas'ullar bilan qilinishi kerak bo'lgan ishlarni maslahatlashish, amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatib borish hamda tahlilini yuritish, kamchiliklarni aniqlash va hisobotlar tayyorlash. Uning vakolati doirasida universitetda bir qator muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash bo'yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi, ekologik barqarorlikni ta'minlash maqsadida quyosh batareyalari o'rnatish rejasi ishlab chiqildi hamda amaliy ishlar boshlab yuborildi, universitetning xaridlar siyosati barqaror xaridlar siyosatiga almashtirildi, universitet boshqaruv tuzilmasi qaytadan ko'rib chiqildi hamda zamon talablariga muvofiq ravishda takomillashtirildi.
Yangiliklar