Radioelektron qurilmalar va tizimlar
“Radioelektron elektron va tizimlar” kafedrasi 1964
yili “Temir yo’l transportida simli aloqa” nomi bilan tashkil etildi. Birinchi
bo’lib kafedra rahbarligiga uning asoschisi Plotnikov A.N. boshchilik qilgan.
1964 yildan “Temir yo’l transportida simli aloqa”
kafedrasi mudirligiga texnika fanlari nomzodi, dotsent Semenyuta N.F.
tayinlangan va kafedra shu davrdan boshlab yuqori malakali kadrlar bilan
to’ldirila boshlandi. Kafedra o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha
Peterburg davlat temir yo’l universiteti (PGUPS-Rossiya Federatsiyasi) bilan
tashqi aloqalarda ishlarini olib borishni yo’lga qo’ydi.
1969-1981 yillarda “Temir yo’l transportida simli
aloqa” kafedrasiga texnika fanlari nomzodi, dotsent D.V.Kim rahbarlik qildi.
Sobiq SSSR davridagi O’rta Osiyo temir yo’llari O’zbek SSSR (xozirgi
“O’zbekiston temir yo’llari” aktsiyadorlik jamiyati) buyurtmalari bo’yicha
davlat byudjeti va xo’jalik shartnomalari asosida kafedrasi rahbari D.V.Kim va
institut professor-o’qituvchi N.F.Semenyutalar rahbarligida “Elektronika”,
“Kabelli aloqa”, “Temir yo’l transportida avtomatik telefon stantsiya aloqasi”,
“Temir yo’l trasportida tezkor telefon aloqa”, “Temir yo’l transportida
radioaloqa” fanlaridan o’quv-laboratoriya bazalari tashkil etildi.
1981-1992 yillarda “Temir yo’l transportida simli
aloqa” kafedrasiga dotsent N.M.Belenkiy rahbarlik qildi. Bu davrda kafedrani
ishlab chiqarishlar bilan aloqasi kuchaytirilib, O’rta Osiyo temir yo’llari
O’zbek SSSR tomonidan hamkorlik asosida kafedra mudiri N.M.Belenkiy institut
professor-o’qituvchisi V.A.Krivopishin rahbarligida “Temir yo’l trasportida
tezkor telefon aloqa”, “Temir yo’l transportida radioaloqa” fanlaridan
o’quv-laboratoriyasi takomillashtirildi hamda “Temir yo’l transportida
ko’pkanalli aloqa” fanidan laboratoriya bazasi tashkil etildi.
1992-1998 yillarda “Temir yo’l transportida simli
aloqa” kafedrasiga dotsent B.A.Davlatyorov rahbarlik qildi. Ushbu davrda
kafedradagi mavjud laboratoriya bazalari takomillashtirildi.
1998-2011 yillarda “Temir yo’l transportida simli
aloqa” kafedrasi tubdan yangi “Elektr aloqa va radio” kafedrasi etib tashkil
qilindi va bu kafedraga texnika fanlar doktori, professor A.A.Xalikov rahbarlik
qildi. Bu davrda, 1999 yildan boshlab 5522200 – «Telekommunikatsiya», 2004
yildan «Telekommunikatsiya» kasbiy ta’lim bo’yicha bakalavr ta’lim
yo’nalishlari hamda 2001 yildan 5A522210 – «Temir yo’l transportida aloqa
tizimlari va tarmoqlariga xizmat ko’rsatish va ulardan texnik foydalanish» va
5A311301 – «Axborot uzatish tizimlari va qurilmalar» magistratura
mutaxasisliklari bo’yicha kadrlarni tayyorlash tashkil etildi. Shuningdek ushbu
yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha yangi darslik, o’quv qo’llanma,
o’quv-uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalari tayyorlandi. Toshkent temir yo’l
kasb-hunar kolleji va Toshkent temir yo’l muhandislari instituti “Elektr aloqa
va radio” kafedrasi bilan hamkorlik yo’lga qo’yilib, ilmiy-tadqiqot va o’quv
uslubiy ishlar bo’yicha sezilarli darajada ishlar chop etishga erishildi. “O’zbekiston
temir yo’llari” aktsiyadorlik jamiyatining “Signallashtirish va aloqa
boshqarmasi” tomonidan tuzilgan muammolar mavzulari asosida kafedra mudir
A.A.Xalikov va professor-o’qituvchilari tomonidan davlat byudjetiga muvofiq
«Temir yo’l transportida aloqa vositalarini takomillashtirish», Tola-optikali
kabelda va raqamli uzatish tizimi yordamida «O’TY» DATK aloqa qismlarida
birlamchi to’rlarni ishlab chiqish” hamda 51-raqamli “Radioboshqaruv orqali
“O’TY” DATK kontakt tarmoqlarig’i distantsion boshqarish”, 48-raqamli “Magnit
maydoni ta’sirida suvni zarartirlanishini kompleks tizimi”, 86-raqamli “Magnit
maydoni yordamida suvni zararsizlantirish kompleks tizimi. Sanoat namunasini
ishlab chiqish DAK «UTY» xo’jalik shartnomalari bog’liq holatda ilmiy izlanishlar
olib borildi. Izmiy izlanishlar natijasida, professor A.A.Xalikov ilmiy
rahbarligidagi shogirdlari S.S.Xalikov va G.Sh.Abidovalar dissertatsiya
natijalarini tegishli Ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilib texnika
fanlari nomzodi ilmiy darajasida tasdiqlandi. Peterburg davlat temir yo’l
universiteti bilan hamkorlik shartnomalari hamda Toshkent temir yo’l
muhandislari instituti tavsiyasi, “O’zbekiston temir yo’llari” aktsiyadorlik
jamiyati buyrug’iga muvofiq kafedraning iste’dodli talabalari J.F.Kurbanov,
A.A.Saitov, O.A.Mirsagdiyev, D.X.Rixsiyev, G.A.Bekbayevlar Peterburg davlat
temir yo’l universitetida oliy ma’lumotga erishdi. Shu bilan birga institut
professor-o’qituvchilari D.X.Rixsiyev, O.A.Mirsagdiyev, N.V.Yaronova,
G.A.Bekbayev ilmiy izlanishlarini davom ettirish maqsadida Peterburg davlat
temir yo’l universiteti aspiranturasida faoliyatini olib borib, N.V.Yaronova va
G.A.Bekbayev texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasida tasdiqlandilar.
2005 yilda A. A.Xalikovga “Xalqaro Aloqa Akademiyasi
Akademiki” diplomi berildi.
2015 yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi
pedagogi” tanlovi Respublika bosqichining “Aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim soxasi bo’yicha 2016 yil uchun
“Mutaxassislik bo’yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiya g’olibi bo’lgan.
2011-2014 yillarda “Elektr aloqa va radio” kafedrasiga
texnika fanlari nomzodi, dotsent O.X.Kadirov rahbarlik qildi. “O’zbekiston
temir yo’llari” aktsiyadorlik jamiyatining “Signallashtirish va aloqa
boshqarmasi” bilan hamkorlikda 98-raqamli “Magnit maydoni yordamida suvni
zararsizlantirish kompleks tizimi sanoat namunasini ishlab chiqish DAK “UTY”
xo’jalik shartnomasi asosida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan
ilmiy izlanishlar olib borildi. professor A.A.Xalikov ilmiy rahbarligidagi
shogirdi R.M.Aliyev dissertatsiya natijalarini tegishli Ilmiy kengashda
muvaffaqiyatli himoya qilib texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasida
tasdiqlandi.
2014-2015 yillari “Elektr aloqa va radio” kafedrasiga
texnika fanlari nomzodi S.S.Xalikov rahbarlik qildi. Bu davrda 59-raqamli
“Vagon-laboratoriyasini modernizatsiya qilish uchun radioaloqa o’lchov
kompleksini KTSM, ALSN, signal ko’rinishi bo’yicha ishlab chiqish” xo’jalik
shartnomasi asosida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy
izlanishlar olib borildi. Kafedra o’quv-laboratoriyalarini yangilash maqsadida,
“O’zbekiston temir yo’llari” aktsiyadorlik jamiyatini bilan tuzilgan shartnoma
asosida va institut professor-o’qituvchilari A.A.Xalikov, V.A.Krivopishin va
J.F.Kurbanovlar ishtirokida “Temir yo’l transportida radialoqa”, “Temir yo’l
transportida tezkor texnologik aloqa” fanlaridan o’quv-laboratoriyasi uchun
raqamli tizim jihozlari, qurilmalari va asbob-uskunalar keltirilib o’rnatildi.
2015-2018 yillari “Elektr aloqa va radio” kafedrasiga
texnika fanlari doktori, professor A.A.Xalikov rahbarlik qildi. Bu davrda
5313900 – “Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish” bakalavr ta’lim
yo’nalishi tashkil etilib, kafedra mudiri A.A.Xalikov rahbarligi va institut
professor o’qituvchilari J.F.Kurbanov va N.V.Yaronovalar ishtirokida ta’lim
yo’nalishiga tegishli xujjatlar ishlab chiqildi hamda ushbu soha yo’nalishi
bo’yicha J.F.Kurbanov va N.V.Yaronovalar tegishli tashkilot va xorijiy muassasalarda
malaka oshirdi. Professor A.A.Xalikov ilmiy rahbarligida ilmiy darajaga
talabgor shogirdi J.F.Kurbanov dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilib
texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida tasdiqlandi.
Professor A.A.Xalikov «Oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi» tanlovi
Respublika bosqichining «Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari» ta’lim soxasi bo’yicha 2016 yil uchun «Mutaxassislik bo’yicha
eng yaxshi pedagog» nominatsiya g’olibi bo’ldi.
2018 yildan “Temir yo’l transportida avtomatika va
telemexanika” va “Elektr aloqa va radio” kafedralari birlashgan holda “Temir
yo’l transportida avtomatika, telemexanika va telekommunikatsiya
texnologiyalari” kafedrasi tashkil etildi va bu kafedraga texnika fanlari
doktori, professor A.A.Xalikov rahbarlik qildi. Professor A.A.Xalikov ilmiy
rahbarligida ilmiy darajaga talabagor shogirdlari O.A.Mirsagdiyev, A.N.Puziy
(xozirda TATU da kafedra dotsenti lavozimida ishlaydi), M.B.Abdujapparovalar
(xozirda TUTU da Kafedra mudiri lavozimida ishlaydi) hamda professor N.M.Aripov
ilmiy rahbarligida D.X.Rixsiyev dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilib
texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida tasdiqlandi.
2019-2020 yillarda Toshkent temir yo’l muhandislari
instituti “Temir yo’l transportida avtomatika, telemexanika va
telekommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi va 2020 yil 21 avgustdan Toshkent
davlat transport universiteti “Radioelektron qurilmalar va tizimlar”
kafedrasiga texnika fanlari nomzodi, dotsent S.S.Xalikov rahbarlik qildi. Ushbu
davrda, 2020 yildan Toshkent davlat transport universiteti huzurida 5350700 –
“Radioelektron qurilmalar va tizimlar (temir yӯl transporti)”, 5311000 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo’l transporti)” bakalavr ta’lim
yo’nalishlari hamda 5A350701 – Radioelektron qurilmalar va tizimlar (temir yӯl transporti), 5A311002 – “Temir yo’l transportida avtomatika va
telemexanika mutaxassisliklari” magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kafedra
mudiri S.S.Xalikov va kafedra professor-o’qituvchilari A.R.Azizov, N.V.Yaronova
va E.K.Ametovalar ishtirokida tegishli xujjatlar ishlab chiqildi va
tasdiqlandi. Professor A.A.Xalikov ilmiy rahbarligida R.M.Aliyev va
J.F.Kurbanovlar (2019 yilda) texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga,
O.X.O’raqov (2020 yilda) texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasiga, talabgorlar dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilib tegishli
ilmiy darajada tasdiqlandilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №R-4724
8.10.2016 yildagi farmoyishida 2017-2021yillar davrida respublika oliy
ta’limini kompleks rivojlantirish maqsadlarini bajarish uchun, O’z.R. ta’lim
sifatini oshirish va malakali kadrlarni tayyorlash to’g’risidagi qaror va
farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida O’TY AJ tasarrufidagi “Aloqa va
signallashtirish markazi” ShCh-2 korxonasida zamonaviy informatsion texnik
vositalari bilan jixozlangan, laboratoriya bazasiga ega bo’lgan kafedra filiali
ochildi. U yerda talabalar amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini
mutaxassislik fanlari bo’yicha shug’ullanib kelmoqdalar. Ishlab chiqarish
korxonasi bilan oliygox orasidagi integratsiyani amalga oshirilib, bitiruv
ishlari va magistrlik dissertatsiya ishlari mavzulari buyurtmachi korxona
rahbariyati bilan kelishilgan holda shakllantirilib, himoyalar ham kafedra
filialida o’tkazilmoqda.
Kafedra bilan “Temir yo’l kollejlari” o’rtasida xam
xamkorlik ishlari yo’lga qo’yilgan. Xususan Toshkent temir yo’l kolleji, Qo’qon
va Samarqand temir yo’l kollejlari orasidagi xamkorliklar natijasida, kafedra
professor o’qituvchilari va kollej o’qituvchilari bilan xamkorlikda bir nechta
o’quv-uslubiy ishlar nashr etilgan. Kollejlarda kafedra professor
o’qituvchilaridan t.f.d., prof. A.A.Xoliqov, t.f.n., dots. R.Q.Karimov, t.f.n.,
dots. O.A.Mirsagdiyev va boshqalar kollejlarda ochiq darslar xamda master klasslarni
muntazam ravishda rejaga binoan o’tkazib kelganlar.
Institut tasarrufidagi kadrlarni tayyyorlash va
malakasini oshirish fakulьtetida 2000-2020
yillar davrida kafedra professor o’qituvchilardan t.f.n., dots. B.A.Davletьyarov, t.f.n., dots. V.A.Krivopishin, t.f.d., prof. A.A.Xalikov, t.f.n.,
dots. I.K. Kolesnikov., t.f.n., dots. N.V.Yaronova va boshqalar temir yo’l
aloqa sohasidagi mutaxassis kadrlarni malakasini oshirish bo’yicha
mutaxassislik fanlaridan zamonaviy texnika taraqqiyotini inobatga olgan xolda
ma’ruzalar olib bordilar.
2009-2011yillarda t.f.d., professor A.A.Xalikov
05.13.05-«Xisoblash texnikasi elementlari va boshqaruv tizimlari»
mutaxassisligi bo’yicha Qirg’iziston Fanlar Akademiyasining “Mashinasozlik va
avtomatika” institutining ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash a’zosi va opponenti
sifatida qatnashgan. Ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashi rayisi Qirg’iziston
milliy Akademiyasining Akademiki t.f.d., professor, laboratoriya mudiri istitut
direktori Janыbek Sharshenaliyev bo’lgan.
TTYMI (xozirda Toshkent davlat transport universiteti)
tashabbusi bilan, 2009 yili ma’naviyat ishlari bo’yicha prorektor
f-m.f.d.,professor Ortiqboyev A.O. boshchiligidagi institut
professor-o’qituvchilari va talabalardan tarkib topgan milliy-raqs, cholg’u
ansabli, sport xamda fanlar bo’yicha Rossiya Federatsiyasining Yekateringburg
shaxridagi «Ural politexnika instituti» tashkil etgan Xalqaro musaboqada faol
qatnashdi. Milliy raqs ansabliga Shoxsanamxon Shodimetova, milliy musiqa
ansabliga esa prof. Abdulxaq Abdulxairovich Xoliqov boshchilik qildi va o’zi
xam ijrochi sifatida qatnashib, Shanxay tashkiloti a’zolari bo’lgan (o’sha
davrdagi) 7 ta mamlakat ichida jamoa nufuzli 1-o’rinni egallagan.
Institut raxbariyati tomonidan 2000 yillarda qayta
tiklangan fakulьtetlararo “Talabalik baxori” festivalida kafedra
rofessor-o’qmtuvchilari talabalar bilan birgalikda saxna ko’rinishlarida va
milliy cholg’u ansamlida qatnashib kelmoqdalar. Ulardan prof. A.A.Xoliqov,
dots. S.S.Xoliqov, dots. O.X.Qodirov, dots. N.V.Yaronova va
boshqalar.
Professor A.A.Xalikov ilmiy rahbarligida ilmiy
darajaga talabagor shogirdi J.S.Fayzullayev dissertatsiyani muvaffaqiyatli
himoya qilib texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida
tasdiqlandi.
2020 yilda kafedra dotsentlari I.K.Kolesnikov va
G.Sh.Abidovalar doktorlik dissertatsiyalarini (DSc) himoya qilib, texnika
fanlari doktori diplomiga ega bo’ldilar.
2023 yil 4 sentyabrdan boshlab xozirgi kunga qadar
Toshkent davlat transport universiteti “Radioelektron qurilmalar va tizimlar”
kafedrasiga texnika fanlari texnika fanlari doktori, professor J.F.Kurbanov rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedraning istiqbolli quyidagi rejalari
tuzilgan
Bakalavriat
yo‘nalishlari
·
60611501 - Radoielektron
qurilmalar va tizimlar (temir yo‘l transporti)
·
60611502 - Radioelektron
qurilmalar va tizimlar (aviatsiya transporti)
Magistratura
yo‘nalishlari
·
70611501 - Radioelektron
qurilmalar va tizimlar (temir yo‘l transporti)
Ilmiy markaz
O‘quv laboratoriyalari
Radioelektron qurilmalar va tizimlar o`quv laboratoriyasiYangiliklar