Hemis xodim
Hemis talaba
Elektron kutubxona
  • Moodle
    • Sirtqi
    • Masofaviy

Corp Mail
Journal TSTU
Store TSTU
  • UZ
    • RU
    • ENG
logo logo

  • Axborot xizmati
    • - Yangiliklar
    • - Kutilayotgan tadbirlar
    • - Videoroliklar
    • - Fotolavhalar
    • - OAV biz haqimizda
    • - Talabaga ko'rsatma
    • - Arizalar, takliflar hamda shikoyatlar
    • - Rektorga murojaat qilish
    • - Aloqa
    Universitet
    • Biz haqimizda
    • - Strategik rivojlantirish dasturi
    • - Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • - Tarix
    • - Asosiy ma'lumotlar
    • - Me’yoriy hujjatlar
    • - Moliyaviy hisobotlar
    • - Universitet nizomi
    • - Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • - Gender tenglik
    • Tuzilma va boshqaruv organlari
    • - Tashkiliy tuzilma
    • - Kuzatuv Kengashi
    • - Universitet Kengashi
    • - Jamoatchilik kengashi
    • - Rektorat
    • - Fakultetlar
    • - Kafedralar
    • - Boshqarma va bo'limlar
    • - Markazlar
    • - Muzey
    • - Sport majmuasi
    Ta‘lim
    • Boshqarma va bo'limlar
    • - O‘quv-uslubiy boshqarma
    • - Masofaviy taʼlim tashkil etish va rivojlantirish markazi
    • - Raqamli ta‘lim texnologiyalari markazi
    • - Axborot-resurs markazi
    • - Magistratura bo‘limi
    • - Tahririy nashriyot va poligrafiya bo‘limi
    • - Sirtqi bo‘lim
    • - Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi
    • Oliy ta'lim
    • - Malaka talablari
    • - O'quv rejalar
    • - Ta’lim darajasi va ta’lim shakllari
    • - Ta’lim yо‘nalishlari
    • - Ta’lim mutaxassisliklari
    • - Stipendiyalar
    • - Davlat imtihonlari
    • - Yozgi maktab
    • Qo'shimcha ta'lim
    • - Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi
    • - Bir million dasturchi loyihasi doirasidagi video darslar
    • О‘rta va professional ta’lim
    • - Texnikumlar
    • - Akademik litsey
    Ilm-fan
    • Bo'limlar
    • - Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi
    • - Ilmiy – innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi
    • - Iqtidorli talabalarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
    • - O’z-o’zini moliyalashtiradigan ilmiy-tadqiqot bo’limi
    • - Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi
    • - Ilmiy nashrlar bilan ishlash bo‘limi
    • Xalqaro dastur va reytinglar
    • - O’zbekiston OTM larining milliy reytingi
    • - Quacquarelli Symonds
    • - Times Higher Education
    • Jurnallar
    • - Transport vositalari va yo’llari ilmiy jurnali
    • - Temir yo’l transporti: dolzarb masalalar va innovatsiyalar
    • - Transport xabarnomasi
    • - “Muhandis” xalqaro ilmiy jurnali
    • - Transport va texnologik mashinalar xalqaro jurnali
    • - Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish xalqaro ilmiy jurnali
    • - Axborot tizimlari. Texnologiyalari. Transport
    • Ilmiy kengashlar
    • - Ilmiy darajalar beruvchi kengashlar
    • - Mavjud ixtisosliklar
    • - Malakaviy imtihonlar
    • - Doktorantura
    • Ko‘rsatkichlar
    • - Universiteti olimlarining ilmiy faoliyat natijalari
    • - Maqolalar
    • - Patentlar
    • - Monografiyalar
    Xalqaro aloqalar
    • Boshqarma va bo'limlar
    • - Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
    • - Akademik mobillik, xorijiy grantlar va institutlar bilan ishlash bo'limi
    • - Xalqaro ta’lim dasturlari bilan ishlash bo'limi
    • - Xorij bilan hamkorlik markazi
    • - O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik markazi
    • - “Language Club” xorijiy tillar markazi
    • Faoliyat
    • - Amaldagi loyihalar
    • - Xalqaro hamkorlar
    • - Xorijiy talabalarga
    • - Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar
    • - Xorijda malaka oshirish va ta’lim
    • - Work and Travel
    • - Erasmus
    Ma‘naviyat
    • Madaniy-ma’rifiy faoliyat
    • - Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
    • - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi
    • - To‘garak va klublar
    • - Tanlovlar, musobaqa va stipendiyalar
    • - Talabalar shaharchasi
    • - Muzey
    • - Psixologik Yordam Markazi
    • - Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim
    • - Talabalar hayotidan fotogalereya
    • - Maqsud Shayxzoda stipendiyasi
    • - Universiteti odob-axloq kodeksi va ichki - tartib qoidalari
    • Jamoat birlashmalari
    • - Jamoatchilik Kengashi
    • - Ma’naviyat va ma’rifat kengashi
    • - Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi
    • - Nuroniylar kengashi
    • - Talabalar Kengashi
    • - Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
    • - “Transportchilar” sport klubi
    Qabul komissiyasi
    • - Qabul komissiyasi tarkibi
    • - Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga qabul
    • - Bakalavriatning sirtqi ta'lim shakliga qabul
    • - Bakalavriatning masofaviy ta'lim shakliga qabul
    • - Magistraturaga qabul
    • - 2- va undan keyingi oliy ta'limga qabul
    • - Xorijiy fuqorolar qabuli
    • - O'qishni tiklash
    • - Talabalar o'qishini ko'chirish
    • - Xalqaro ta'lim dasturlari
    • - Aloqa
    • - Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar
  • ENDOWMENT FUND
  • Axborot xizmati
    • Axborot xizmati
    • Rasmiy veb-sayt, ommaviy axborot vositalari, telegramm-kanal, Facebook sahifalarini axborot bilan ta'minlashi hamda boshqa axborot manbalari bilan ishlab, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifing va press-turlarni tashkil qilish orqali universitet faoliyati haqidagi axborotlarni muntazam, to‘liq va o‘z vaqtida berib borishi kerak.
    • Yangiliklar
    • Kutilayotgan tadbirlar
    • Videoroliklar
    • Fotolavhalar
    • OAV biz haqimizda
    • Talabaga ko'rsatma
    • Arizalar, takliflar hamda shikoyatlar
    • Rektorga murojaat qilish
    • Aloqa
  • Universitet
    • Universitet
    • Toshkent davlat transport universiteti transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
    • Biz haqimizda
    • Strategik rivojlantirish dasturi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Tarix
    • Asosiy ma'lumotlar
    • Me’yoriy hujjatlar
    • Moliyaviy hisobotlar
    • Universitet nizomi
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • Gender tenglik
    • Tuzilma va boshqaruv organlari
    • Tashkiliy tuzilma
    • Kuzatuv Kengashi
    • Universitet Kengashi
    • Jamoatchilik kengashi
    • Rektorat
    • Fakultetlar
    • Kafedralar
    • Boshqarma va bo'limlar
    • Markazlar
    • Muzey
    • Sport majmuasi
  • Ta‘lim
    • Ta‘lim
    • Universitet transport ta’lim sohasi bо‘yicha Respublikada tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bugungi kunda universitetda kredit-modul tizimi asosida aviatsiya transporti, temir yо‘l transporti, avtomobil transporti hamda qurilish sohalariga 60 ta bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va 41 ta magistratura mutaxassisligi bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
    • Boshqarma va bo'limlar
    • O‘quv-uslubiy boshqarma
    • Masofaviy taʼlim tashkil etish va rivojlantirish markazi
    • Raqamli ta‘lim texnologiyalari markazi
    • Axborot-resurs markazi
    • Magistratura bo‘limi
    • Tahririy nashriyot va poligrafiya bo‘limi
    • Sirtqi bo‘lim
    • Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi
    • Oliy ta'lim
    • Malaka talablari
    • O'quv rejalar
    • Ta’lim darajasi va ta’lim shakllari
    • Ta’lim yо‘nalishlari
    • Ta’lim mutaxassisliklari
    • Stipendiyalar
    • Davlat imtihonlari
    • Yozgi maktab
    • Qo'shimcha ta'lim
    • Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi
    • Bir million dasturchi loyihasi doirasidagi video darslar
    • О‘rta va professional ta’lim
    • Texnikumlar
    • Akademik litsey
  • Ilm-fan
    • Ilm-fan
    • Doimiy oʻsish imkoniyatidan foydalaning. Toshkent davlat transport universiteti илмий-тадқиқот департаменти iqtidorli talabalar, yosh olimlar va universitet professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda doimo yordam berib kelmoqda.
    • Bo'limlar
    • Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi
    • Ilmiy – innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi
    • Iqtidorli talabalarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
    • O’z-o’zini moliyalashtiradigan ilmiy-tadqiqot bo’limi
    • Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi
    • Ilmiy nashrlar bilan ishlash bo‘limi
    • Xalqaro dastur va reytinglar
    • O’zbekiston OTM larining milliy reytingi
    • Quacquarelli Symonds
    • Times Higher Education
    • Jurnallar
    • Transport vositalari va yo’llari ilmiy jurnali
    • Temir yo’l transporti: dolzarb masalalar va innovatsiyalar
    • Transport xabarnomasi
    • “Muhandis” xalqaro ilmiy jurnali
    • Transport va texnologik mashinalar xalqaro jurnali
    • Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish xalqaro ilmiy jurnali
    • Axborot tizimlari. Texnologiyalari. Transport
    • Ilmiy kengashlar
    • Ilmiy darajalar beruvchi kengashlar
    • Mavjud ixtisosliklar
    • Malakaviy imtihonlar
    • Doktorantura
    • Ko‘rsatkichlar
    • Universiteti olimlarining ilmiy faoliyat natijalari
    • Maqolalar
    • Patentlar
    • Monografiyalar
  • Xalqaro aloqalar
    • Xalqaro aloqalar
    • Chet el davlatlar bilan ta’lim sohasida tarjiba almashish, maqsadida ko‘plab dasturlar orqali professor-o‘qituvchilar va talabalarni xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tash hamda grant asosida o‘qish imkoniyatlarini yaratilmoqda.
    • Boshqarma va bo'limlar
    • Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
    • Akademik mobillik, xorijiy grantlar va institutlar bilan ishlash bo'limi
    • Xalqaro ta’lim dasturlari bilan ishlash bo'limi
    • Xorij bilan hamkorlik markazi
    • O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik markazi
    • “Language Club” xorijiy tillar markazi
    • Faoliyat
    • Amaldagi loyihalar
    • Xalqaro hamkorlar
    • Xorijiy talabalarga
    • Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar
    • Xorijda malaka oshirish va ta’lim
    • Work and Travel
    • Erasmus
  • Ma‘naviyat
    • Ma‘naviyat
    • Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish va ko‘maklashish maqsadida turli tadbirlar, tanlovlar va loyihalar tashkil etib kelinmoqda.
    • Madaniy-ma’rifiy faoliyat
    • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
    • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi
    • To‘garak va klublar
    • Tanlovlar, musobaqa va stipendiyalar
    • Talabalar shaharchasi
    • Muzey
    • Psixologik Yordam Markazi
    • Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim
    • Talabalar hayotidan fotogalereya
    • Maqsud Shayxzoda stipendiyasi
    • Universiteti odob-axloq kodeksi va ichki - tartib qoidalari
    • Jamoat birlashmalari
    • Jamoatchilik Kengashi
    • Ma’naviyat va ma’rifat kengashi
    • Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi
    • Nuroniylar kengashi
    • Talabalar Kengashi
    • Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
    • “Transportchilar” sport klubi
  • Qabul komissiyasi
    • Qabul komissiyasi
    • Toshkent davlat transport universiteti transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
    • Qabul komissiyasi tarkibi
    • Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga qabul
    • Bakalavriatning sirtqi ta'lim shakliga qabul
    • Bakalavriatning masofaviy ta'lim shakliga qabul
    • Magistraturaga qabul
    • 2- va undan keyingi oliy ta'limga qabul
    • Xorijiy fuqorolar qabuli
    • O'qishni tiklash
    • Talabalar o'qishini ko'chirish
    • Xalqaro ta'lim dasturlari
    • Aloqa
    • Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar
  • Til tanlash
    • UZ
    • RU
    • ENG

 

Ijtimoiy fanlar

Ijtimoiy fanlar


Kafedra tarixi

Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti 1931-yilda tashkil etilgan. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, shundan beri hozirgacha о‘tgan davr  “Ijtimoiy fanlar”  kafedrasining ham bosib о‘tgan yо‘li hamda  shonli tarixidir. Zero, shu davr ichida mazkur kafedra minglab mutaxassislarning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’naviy dunyoqarashlarini shakllantirishga о‘zining munosib hissasini qо‘shib keldi hamda bu ma’suliyatli vazifani zamon ruhiga hamnafas bо‘lgan holda davom ettirmoqda.

1931-yilda institutning tashkiliy tuzilishi belgilanganda ijtimoiy fanlarga doir ikkita kafedra – “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi va “Siyosiy iqtisod” kafedrasi tashkil etilgan edi. 1932-yilning aprel oyiga kelib bu  kafedralar birlashtirilib, “Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar” kafedrasi nomi bilan  faoliyat kо‘rsata boshlaydi.

Urush yillarida institutda yana ikkita kafedra–“Marksizm–leninizm” kafedrasi va “Siyosiy iqtisod” kafedrasi faoliyat kо‘rsatgan.

1962-yilga kelib “Marksizm–leninizm” kafedrasi ikkita mustaqil kafedraga– “KPSS tarixi”  kafedrasi va “Markscha-lenincha falsafa” kafedrasiga ajratilgan. “Markscha-lenincha falsafa” kafedrasini institutning birinchi о‘qituvchilaridan bо‘lmish, falsafa fanlari nomzodi, dotsent N.I.Shulgina boshqargan va bu kafedrada falsafa, etika, estetika, ilmiy ateizm asoslari, sotsializm nazariyasi, mantiq kabi fanlar о‘qitilgan.

1963-1964 о‘quv yilidan boshlab, о‘qitilayotgan ijtimoiy fanlar qatoriga yana bir yangi fan–“Ilmiy kommunizm asoslari” kiritilgan. Shu munosabat bilan “Markscha-lenincha falsafa” kafedrasi “Falsafa va ilmiy kommunizm” kafedrasiga aylantirilgan. Shu yildan boshlab kafedrani tarix fanlari nomzodi, dotsent SH.A. Zuxriddinov boshqara boshlagan. 1976-yildan e’tiboran ilmiy kommunizm fani bо‘yicha davlat imtihoni joriy etilishi munosabati bilan о‘quv yuklamasi keskin oshib ketgan. Natijada institut ilmiy kengashining qaroriga asosan alohida “Ilmiy kommunizm” kafedrasi tashkil etilgan va bu kafedrani dotsent SH.A. Zuxriddinov boshqarishda davom etgan. “Falsafa” kafedrasini esa falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.U.Usmonov boshqargan. Keyinchalik SH.A. Zuxriddinovning doktorlik dissertatsiyasini yozish va himoya qilish uchun ijodiy ta’tilga chiqishi munosabati bilan “Ilmiy kommunizm” kafedrasini turli yillarda dotsentlardan V.I.Jelezovskaya, T.YE.Irisbayeva, P.N.Rasul-Zodalar boshqarganlar. 1988-yilda “Falsafa” va “Ilmiy kommunizm” kafedralari qayta birlashtirilgan va kafedra mudiri etib tarix fanlari doktori, professor SH.A.Zuxriddinov saylangan. 1990-yilda kafedra institut ilmiy kengashining qarori bilan “Falsafa va sotsializm nazariyasi” kafedrasi deb nomlangan, keyinchalik esa  “Falsafa va siyosatshunoslik” kafedrasiga aylantirilgan.

1992-yilda kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.G‘. G‘aniyev, 1994-1997 yillarda esa falsafa fanlari nomzodi, dotsent G.A.Sodiqovalar boshqarganlar.

1997-yilda institutning ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari birlashtirib yuborilgan va bu yagona kafedrani tarix fanlari nomzodi, dotsent B.E.Yо‘ldoshev boshqargan. 1998-yilning avgustidan “Falsafa va siyosatshunoslik” kafedrasi mustaqil kafedra sifatida qayta tashkil etilgan. Yangi tashkil etilgan kafedrani 2000-yilning sentabrigacha falsafa fanlari nomzodi, dotsent K.N.Irisboyev boshqargan.

2000-yilning noyabridan 2003-yilning noyabrigacha kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent SH.Q. Rahmonova,  2003-yilning noyabridan 2011-yilning sentabrigacha  tarix fanlari nomzodi, dotsent E.G‘oyibnazarov boshqargan. 2011-yilning sentabridan xozirgi kunga qadar kafedraga falsafa fanlari doktori, prof. J.S.Ramatov rahbarlik qilmoqda.

“Falsafa va siyosatshunoslik” kafedrasining yuqorida bayon etilgan qisqacha tarixidan kо‘rinib turibdiki, uning taqdiri turli xil davrlarning, о‘zgarib va yangilanib borayotgan zamonning nafasi bilan chambarchas bog‘liq holda о‘zgarib borgan, faoliyat doirasi kengayib, takomillashib borgan. Kafedra har bir davrning о‘ziga xos yuksak talablariga munosib ravishda javob berib kelmoqda. О‘tgan davr mobaynida kafedrada kо‘plab malakali va iqtidorli xodimlar faoliyat kо‘rsatishgan. Kafedra jamoasi о‘zining ustozlari, kafedra faoliyatining boshlanishida turgan zabardast olimlar-“О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi”, “Faxriy temiryо‘lchi” unvonlari, “Hurmat belgisi” ordeni sohibi N.I. Shulgina hamda urush faxriysi, “Turkmaniston SSRda xizmat kо‘rsatgan transport xodimi” unvoniga sazovor bо‘lgan SH.A. Zuxriddinovning nomlarini doimo hurmat va g‘urur bilan yodda saqlaydi va e’zozlaydi.

Kafedrada turli yillarda dotsentlar  M.T. Aminjonova, V.I. Jelezovskaya, I.S. Ponomaryova, A.K. Toropovich, D.I. Bernshteyn, G.A. Sodiqova, M.G‘. G‘aniyev, K.N. Irisboyev, T.YE. Irisboyeva, T.T. Alimardonov, E.S. Sultonova, YO. Q. Qodirova, N.A. Azimova, Z.R. Muhamedova, katta о‘qituvchilar  A.N. Yunusxо‘jayev, M.M. Nishonov, N.P.Kuzmichyova, A.SH.Toxiryon, M.Z.Mamadaliyeva, assistentlar T. Toshpо‘latov, SH. Fayziyev, YO.M. Mirahmedova va boshqa kо‘pgina о‘qituvchilar samarali faoliyat kо‘rsatganlar.

2017 yilga kelib “Falsafa va siyosatshunoslik” va “О‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquq” kafedralari qо‘shilib, institutda ijtimoiy fanlardan mashg‘ulotlar olib boruvchi yagona “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi.

Mamlakatimizda barcha sohalarda bо‘lgani kabi transport tizimida ham keng kо‘lamli islohotlar bо‘lmoqda.  Mamlakatda transport sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2020-yil 4-maydagi PQ-4703-sonli qaroriga kо‘ra Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yо‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti asosida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi. Shu munosabat bilan Toshkent temir yо‘l muhandislari institutining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi va Toshkent avtomobil yо‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi birlashtirildi.

Shu о‘rinda Toshkent avtomobil yо‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi haqida quyidagilarni ma’lum qilamiz. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi 1972-yil Toshkent avtomobil yо‘llari instituti tashkil etilishi munosabati bilan о‘z faoliyatini boshlagan va о‘tgan yillar davomida ijtimoiy fanlardagi о‘zgarishlar tufayli “Falsafa”, “Falsafa va psixologiya”, “Falsafa va siyosatshunoslik”, “Falsafa va ma’naviyat asoslari” nomlari bilan atalgan.  2016-yildan buyon esa «Ijtimoiy fanlar» deb nomlana boshlagan. Shuni alohida ta’kidlash о‘rinliki, mazkur kafedrada 1972-1984 yillarda О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi, О‘zbekistan Fanlar Akademiyasining akademigi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi, falsafa fanlari doktori, professor Pо‘latov Xaydar Pо‘latovich, 1997-1999 yillar mobaynida falsafa fanlari doktori, professor Mamashokirov Saidmurod Mamashokirovich boshqarib kelgan bо‘lsa, undan keyingi yillarda kafedra mudiri lavozimida T.Qо‘yliyev, D.Rasilov, R.Xudayberdiyev va R.Umarova kabi faylasuf olimlar faoliyat olib borganlar.

Yagona jamoaga aylangan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida bugungi kunda 32 nafar malakali professor-о‘qituvchilar bakalavr bosqichi talabalariga “Falsafa”, “О‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “О‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati”, “Psixologiya”, “Kasbiy pedagogika”, “Kasbiy ta’lim metodikasi”, “Muhandislik psixologiyasi”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Marketing psixologiyasi”, “Ta’lim texnologiyalari” kabi fanlardan chuqur bilim berib kelmoqda.

Hozirgi kunda transport tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash jarayonida talabalarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy, g‘oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashlarini shakllantirish ishi bilan kafedra faxriylari va salohiyatli о‘qituvchilari fan doktorlari – J.S. Ramatov, A.A.Dadasheva, R.O.Nosirov, R.X.Xudoyberganov, dotsentlar – B.E.Yuldashev, N.Y.Jо‘raboyev, N.SH.Yunusova, J.D.Matkarimova, R.SH.Umarova, K.B.Muxammadiyev, X.Y.Sharifbayeva, B.L.Salimov, R.О‘.Baratov, D.A.Muratova,  I.M.Mirzaqulov, katta о‘qituvchilar  –  S.T. Sobirova, X.T.CHо‘lponova, G.B.Abdukarimova, N.J.Nazarova, M.I.Raximova, I.B.Mirzayev, F.A.Kushakov, E.A.Tо‘xtaboyev, S.V. Temirova, О‘.K.Erniyozov, B.K.Malikovlar, Z.N.Boboshev, о‘qituvchilar N.S.Jumaniyozova, E.M.Shamsiddinova, M.N.Hasanov, L.A.Valiyevlar samarali ravishda faoliyat kо‘rsatmoqdalar.

2021-2022о‘quv yilida kafedra professor-о‘qituvchilari barcha fanlardan tayyorlangan ma’lumotlarni elektron modul platformasi joylashtirdilar. Shuningdek, barcha professor-о‘qituvchilar Hemes dasturida ilmiy, uslubiy ishlarini tо‘liq kiritib bormoqda. Shu bilan birga Hemes dasturida darslarni qayd etish va qaydnomalarni elektron yuritilishini ham amalga oshirmoqda

О‘tkazilgan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining sifat va saviyasi doimo kafedra majlislarida muhokama qilib boriladi, ilg‘or tajribalar rivojlantirilib, nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Keyingi yillarda о‘qituvchilar tomonidan о‘zaro darslarga kirish va ochiq darslar о‘tkazishning soni ortib bormoqda.

Kafedra jamoasi о‘zlarining ilmiy, ilmiy-uslubiy va pedagogik faoliyatining asosiy yо‘nalishini – yangilanayotgan О‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirishning, uning ma’naviyatini yanada yuksaltirish, qolaversa, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan da’vatkor g‘oyaning mazmun-mohiyatini talabalar ongi va qalbiga singdirishga qaratgan.kafedramiza universitet jamoasi hamda talabalarda huquqiy kо‘nikmani shakllantirish maqsadida “Mening ovozim” telegram kanali ham faoliyatini yо‘lga qо‘ygan.

Mustaqillikka erishilgandan keyin Respublikamiz taraqqiyotida xalqimizning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon sivilizatsiyasining sо‘nggi yutuqlariga asoslangan ta’lim tizimi barpo etildi. Yangilanayotgan О‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh etishda kо‘plab meyoriy hujjatlar tasdiqlandi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan adolatli demokratik fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat mohiyatini anglab yetadigan hamda uni barpo etishda faol ishtirok etadigan, о‘zida daxldorlik hissini tuygan, mustaqil fikr yurituvchi yuqori malakali mutaxassislarning g‘oyaviy-ma’naviy va nazariy tayyorgarligini ta’minlab berish – kafedra faoliyatining bosh maqsadiga aylandi.

Bu maqsadga erishish uchun kafedra о‘z faoliyati davomida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-sonli, “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-sonli farmonlari, “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2020-yil 4-maydagi PQ-4703-sonli qarorlari ijrosini taminlash, О‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda universitet ilmiy kengashining qarorlari hamda universitet rektorining buyruqlarini sifatli darajada bajarib kelmoqda.

Kafedrada professor-о‘qituvchilarining ilmiy-nazariy, g‘oyaviy va pedagogik saviyalarini ta’limning zamonaviy talablariga moslashtirish maqsadida kafedrada “Yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni  ta’lim jarayoniga tatbiq etish” ilmiy-uslubiy seminari tashkil etilgan. Seminar-treninglar yuqori malakali pedagoglarimiz tomonidan tashkil etilib, mazkur seminar-treninglarda universitetning boshqa kafedralaridan ham yosh pedagog kadrlar ishtiroki ta’minlangan.

Kafedra jamoasi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Qozog‘iston Respublikasidagi Al-Forobiy nomli Qozoq milliy universiteti, Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston  davlat universiteti,  Qirg‘iziston Respublikasi О‘sh davlat universiteti, Qozog‘istonning Gumilyov nomli Yevroosiyo universitetlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘ygan. Istiqbolda xalqaro innovatsion hamkorlik ishlari kо‘lamini yanada kengaytirish ustida chuqur о‘ylangan rejalar ishlab chiqilgan.

Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan oliy ta’lim tizimini ilmiy salohiyatga ega kadrlar bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi bir qator islohotlar olib borilmoqda. Kafedrada 2018-yildan doktorantura va tayanch doktorantura tashkil qilindi hamda dotsent Matkarimova J.D. doktoranturaga, Baratov R.О‘., Rajabov H.I. tayanch doktoranturaga qabul qilindilar. 2019-yilda  assistentlar  Muratova D.A. va Jumaniyozova N., 2020-yilda assistent Sultonov S.H. tayanch doktoranturaga qabul qilingan edi. 2022-yilda esa assistentlar Valiyev L.A va Madalimov T.A tayanch doktoranturaga qabul qilindi.

2018-2020 yillarda kafedra tayanch doktorantlari Rajabov H.I. va Baratov R.О‘. dissertatsiya ishlarini muddatidan oldin muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2020-yil dekabr oyida kafedra tayanch doktoranti D.A.Muratova muddatidan oldin  09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bо‘yicha falsafa doktori  (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini  О‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi  DSc.30.12.2019.F.01.05 raqamli Ilmiy Kengashda muvaffaqiyatli himoya qildi.

2020-yil sentabrida kafedra doktoranti J.D. Matkarimovaning 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi ixtisosligidan fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi, kafedra dotsentlari B.L.Salimov, R.X.Xudoyberganovlar  09.00.01 – Ontologiya, gnosseologiya va mantiq ixtisosligidan fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlari kafedra muhokamasidan о‘tkazilib, О‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.30.12.2019.F.01.05 raqamli Ilmiy Kengashga topshirildi.

Professor-о‘qituvchilardan CHо‘lponova X.T., Nazarova N.J. О‘zbekiston Respublikasi “Ma’naviyat va ma’rifat Markazi” da, Malikov B.K. Toshkent davlat transport universitetida mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Bularning barchasi kafedrada о‘ziga xos falsafiy maktab shakllanayotganligidan dalolat beradi.

Bugungi kunda kafedraga Toshkent avtomobil yо‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasidan kelib qо‘shilgan dotsentlar  R.Umarova  09.00.03. – falsafa tarixi ixtisosligidan , R.Xudayberganov 09.00.01-ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligidan (DSc), assistentlar M.Xasanov 09.00.03-falsafa tarixi ixtisosligidan, E.Shamsiddinova 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi ixtisosligidan  mustaqil izlanuvchi sifatida dissertatsiya mavzularini tasdiqlatib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Kafedra jamoasining bugungi kundagi ilmiy salohiyati о‘rtacha 40 foizni tashkil etib, istiqbolda bu kо‘rsatkichni 80 foizga chiqarish kо‘zda tutilgan.Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish bо‘yicha maqsadli parametrlar ishlab chiqilgan bо‘lib, hozirgi kunda kafedrada yosh pedagog kadrlar ilmiy-tadiqiqot ishlarini olib bormoqdalar.  Kafedra jamoasining о‘rtacha yoshi 48 yoshni tashkil etadi.

О‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat grantlarida kafedra 2 ta amaliy loyiha doirasida ilmiy-tadqiqot olib bordi.Bular:

Umumiy qiymati 97,5 million sо‘m bо‘lgan hamda 2017-2018 yillarga mо‘ljallangan BVA-1-001 “О‘zbekiston temir yо‘l transport tizimida barkamol shaxs va malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash strategiyasi” mavzusidagi davlat grantida J.S. Ramatov, J.D. Matkarimova, R.О‘. Baratov, N.J. Nazarovalar faoliyat olib borishdi. Grant doirasida belgilangan reja muvaffaqiyatli yakunlandi va О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobot topshirildi.
Umumiy qiymati 300 million sо‘m bо‘lgan hamda 2018-2020 yillarga mо‘ljallangan PZ-20170930369 “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalari yaratish” mavzusidagi davlat granti J.S.Ramatov, H.I.Rajabov, B.L.Salimov, S.H.Sultonovlar tomonidan bajarildi.
Kafedra mudiri professor J.S.Ramatov rahbarligida FZ-2020110216 Turkiy tilli davlatlarning  о‘zaro manfaatli integratsiyasi: istiqbol va samaradorlik. (Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda), “Ma’naviy jarayonlar dinamikasida virtual borliqni anglash va zamonaviy tarbiya texnologiyalarini yaratish”(Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi bilan hamkorlikda ) grant loyihalari О‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya vazirligiga topshirildi va dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli о‘tdi.

Undan tashqari kafedra dotsenti R.Xudayberganov “Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun til falsafasini о‘rganish bо‘yicha elektron platformasini yaratish” mavzusida, dotsent J.Matkarimova “О‘zbekiston temir yо‘l transporti tizimida yosh mutaxassislarning kasbiy psixofiziologik moslashuvidagi psixologik tо‘siqlar va ularni bartaraf etish yо‘llari” mavzusida, Dotsent B.Salimov  “О‘zbekiston Respublikasining transport va kommunikatsiya tizimini modernizatsiyalashuvining ijtimoiy-falsafiy assoslari” mavzusidagi grant loyihalari hujjatlari  О‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya vazirligiga topshirilgan.

Kafedra universitet miqyosida talaba-yoshlarni ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy fazilatlarini yuksaltirish yuzasidan keng kо‘lamli tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, kafedra a’zolari О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan qator tadbirlarni mazmunli о‘tkazilishida о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda. Kafedraning tajribali professor-о‘qituvchilaridan Ramatov J.S., Yuldashev B.L., Jо‘raboyev N.Y., Xudoyberganov R.X., Umarova R.SH., Yunusova N.SH., Temirova S.V., Salimov B.L., Baratov R.О‘., Malikov B.K. lar turli tashkilot xodimlariga ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy mavzularda ma’ruzalar о‘qib kelmoqda.

Shu bilan birga kafedra jamoasi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi qoshida “Transport sohasidagi ijtimoiy muammolarni tadqiq qilish” ilmiy markaz tashkil etish hamda ushbu Markazning asosiy faoliyat yо‘nalishlari etib:

yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda metodolik kо‘mak berish, jumladan, ilmiy maqola, avtoreferat, monografiya va risolalarni tahrir qilish, antiplagiat, tarjima (о‘zbek-rus, rus-о‘zbek, о‘zbek-ingliz, rus-ingliz)xizmatlari;
dissertatsiya himoyalariga stenogramma xizmatlari;
ilmiy jurnal tashkil etish va ilmiy maqola chop etish bо‘yicha tahrir va tarjima ximatlarini kо‘rsatish kabi xizmatlarni о‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari Toshkent davlat transport universiteti huzurida 09.00.02- Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosliklari bо‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy Kengash tashkil etish kabi istiqbolli loyihalar ustida izlanishlar olib borilmoqda.

Kafedra professor-о‘qituvchilari о‘z bilim va pedagogik mahoratlarini muttasil ravishda oshirib, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlash borasida faoliyat olib bormoqdalar. Bu esa barkamol avlodni shakllantirish, ularning maslak va e’tiqodini mustahkamlash, qolaversa, Yangilanayotgan О‘zbekistonimizga munosib kadrlar  yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kafedrada professor – 4 ta, dotsent – 11 ta, katta о‘qituvchi – 11 ta.

Kafedrada Falsafa, О‘zbekistonning eng yangi tarixi, О‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati, Davlat va huquq tarixi, Davlat va huquq nazariyasi, Huquq falsafasi, Ijtimoiy fanlar va huquq, Konstitusiyaviy huquq, Huquqiy kо‘nikmalar, Kasb ta’limi metodikasi, Ta’lim texnologiyasi, Kasbiy psixologiya fanlari о‘qitiladi.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi umumiy yuklamasi 30377 soatni tashkil etadi.

Quyidagi fanlar o’qitiladi
  • Falsafa;
  • Huquq falsafasi;
  • Kasbiy psixologiya;
  • Fuqarolik jamiyati;
  • Ta’lim texnologiyasi;
  • Huquqiy kо‘nikmalar;
  • Davlat va huquq tarixi;
  • Konstitusiyaviy huquq;
  • Kasb ta’limi metodikasi;
  • Marketing psixologiyasi;
  • Ijtimoiy fanlar va huquq;
  • Davlat va huquq nazariyasi;
  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi;
  • О‘zbekistonning eng yangi tarixi;
  • О‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.
Ilmiy faoliyat
  • Ramatov J.S., Nazarov Q., Matkarimova J.D., Baratov R.O’., Nazarova N.J. “Temir yо‘l tizimida yetuk kadrlar tayyorlash – davr talabi” T.; 2018. 16 b.t.
  • Yunusova N.Sh. “Fuqarolik jamiyati shakllanishida ma’naviy madaniyat tizimining tahlili” T.: 2019, 10 b.t.
  • Ramatov J.S., Salimov B.L., Rajabov H.I. “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy usullari va vositalari” T.: 2020. 15 b.t.
  • Mаtkаrimov J.D. “Zаmonаviy jаmiyatdа yoshlаr vа huquq”. T.:“FAN VA TEXNOLOGIYALAR”, 2020 yil,10 b.t.
  • Mаtkаrimovа J.D. “Demokrаtik jаmiyat islohotlаrini аmаlgа oshirishdа dаvlаt vа nodаvlаt sektorning o‘zаro huquqiy munosаbаtlаri mаsаlаsi”. T.:“FAN VA TEXNOLOGIYALAR”, 2020 yil, 13,11 b.t.
  • Murаtovа D. “Texnogen sivilizаsiya dаvridа inson ongi trаnsformаsiyalаshuvining ijobiy vа sаlbiy oqibаtlаri”. T.: “FAN VA TEXNOLOGIYALAR”, 2020 yil, 9 b.t.
  • BVА-1-001 “O‘zbekiston temir yo‘l trаnsport tizimidа bаrkаmol shаxs vа mаlаkаli kаdrlаrni tаyyorlаsh vа qаytа tаyyorlаsh strаtegiyasi” dаvlаt grаnti.(2017-2018 yy.)
  • PZ-20170930369 “Globаllаshuv shаroitidа tinchlik vа bаrqаrorlikkа tаhdid soluvchi g‘oyaviy, mаfkurаviy vа аxborot xurujlаrigа qаrshi kurаshishning zаmonаviy mexаnizm vа texnologiyalаri yarаtish” mаvzusidаgi dаvlаt grаnti.( 2018-2020 yy.)
  • PZ-20170930170 “O‘zbekistondа suvgа munosаbаt, xаlqimizning ekologik vа ijtimoiy tаfаkkurining yangilаnish mexаnizmlаrini tаkomillаshtirish” mаvzusidаgi dаvlаt grаnt (2018-2019 y.y.)
  • Shаmsiddinovа E.M. Образование и развитие человеческого потенсиала // Европа, Наука и ми Чехия 2020
  • Аbdukаrimovа G.B Важное место в мировоззрении социално-политическое учение Мирзо Бедилй. Materialien der XVI internationalen wissenschaftlichen und praktischen konferenz. 30 Januar – 7 Februar, 2020
  • Shаrifbаyevа X.Y., Аbdurаzzаkovа D.А. Intensification of independent cognitive activity of students in technical universities //LXII International correspondence scientific and practical conference “Evropean research: Innovation in sckience. Education and tehnology” Aprel 7-8, 2020. London, United Kingdom/
  • Shаrifbаyevа X.Y.,Аbdurаzzаkovа D.А. Technology of blended learning as a condition of formation self-education skills for students //LXIX International correspondence scientific and practical conference “International scientific review of the problems and prospects of modern sckience and education”(Boston.USA/ Aprel 22-23. 2020)
  • Salimov B.L  Philosophical aspect of herman scientist hegel and Kierkegaard. БЪДЕЩИТЕ ИЗСЛЕДВАНИЯ. Болгария. София



Bakalavriat yo‘nalishlari

  • 60310700 - Siyosatshunoslik
  • 60311000 - Sotsiologiya


Magistratura yo‘nalishlari



KAFEDRA MUDIRI

Ramatov Jumaniyoz Sultanovich


Professor , Falsafa fanlari doktori



KAFEDRA PROFESSOR O`QITUVCHILARI TARKIBI

Xudayberganov Ravshonbek Xudaybergan o'g'li


, Falsafa fanlari doktori (DSc)

Umarova Rо‘zigul Sheraliyevna


, Texnika fanlari nomzodi

Chulponova Хadicha Toshbayevna


,

Salimov Baxriddin Lutfullaevich


, Falsafa fanlari nomzodi

Rajabov Habibullo Ibodullaevich


, Siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori

Muxammadiev Komil Burxonovich


, Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Matkarimova Jamila Durdiyevna


, Falsafa fanlari doktori

Baratov Rashid O’sarovich


, Falsafa fanlar doktori

Muratova Dildora Abdumannopovna


, Falsafa fanlari bo’yich falsafa doktori

Boboshev Zuxriddin Nasibovich


,

Erniyozov O'rozboy Ko'klanovich


,

Nazarova Nilufar Jo’rayevna


,

Abdukarimova Gulchexra Baratovna


,

Raximova Mashkura Inamjonovna


,

Kushakov Fayzulla Abdullayevich


,

Sobirova Surayyo Tursunovna


,

Jumaniyazova Nasiba Saparboyevna


,

Valiyev Lochin Azamatovich


,

Hasanov Mirshod Nu’monovich


,

Sultanov Sirojbek Xabibullayevich


,


Ilmiy markaz

O‘quv laboratoriyalari

Yangiliklar

30/08/24
O‘quv kursi
Oliygohlar kadrlar bo‘limi boshliqlarining mehnat sohasiga oid kasbiy ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda
16/08/24
Qabul-2024
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar bilan suhbat.
10/08/24
RASMIY XABAR
Toshkent davlat transport universitetida 2024-2025 oʻquv yilida qabul qilingan bakalavriat va magistratura boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdorlari (yoʻnalishlar kesimida)
27/07/24
Davlat stipendiyalari uchun universitet bosqichi tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi
22/07/24
Bitiruvchi – 2024
Toshkent davlat transport universitetida “Bitiruvchi – 2024” diplom topshirish marosimi tashkil etildi

Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy
100167

rektorat@tstu.uz 1318

© 2020-2024 Toshkent davlat transport universiteti.


Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy
100167

rektorat@tstu.uz +998 71-299-00-01

© 2020-2024 Toshkent davlat transport universiteti.