Hemis xodim
Hemis talaba
Elektron kutubxona
  • Moodle
    • Sirtqi
    • Masofaviy

Corp Mail
Journal TSTU
Store TSTU
  • UZ
    • RU
    • ENG
logo logo

  • Axborot xizmati
    • - Yangiliklar
    • - Kutilayotgan tadbirlar
    • - Videoroliklar
    • - Fotolavhalar
    • - OAV biz haqimizda
    • - Talabaga ko'rsatma
    • - Arizalar, takliflar hamda shikoyatlar
    • - Rektorga murojaat qilish
    • - Aloqa
    Universitet
    • Biz haqimizda
    • - Strategik rivojlantirish dasturi
    • - Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • - Tarix
    • - Asosiy ma'lumotlar
    • - Me’yoriy hujjatlar
    • - Moliyaviy hisobotlar
    • - Universitet nizomi
    • - Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • - Gender tenglik
    • Tuzilma va boshqaruv organlari
    • - Tashkiliy tuzilma
    • - Kuzatuv Kengashi
    • - Universitet Kengashi
    • - Jamoatchilik kengashi
    • - Rektorat
    • - Fakultetlar
    • - Kafedralar
    • - Boshqarma va bo'limlar
    • - Markazlar
    • - Muzey
    • - Sport majmuasi
    Ta‘lim
    • Boshqarma va bo'limlar
    • - O‘quv-uslubiy boshqarma
    • - Masofaviy taʼlim tashkil etish va rivojlantirish markazi
    • - Raqamli ta‘lim texnologiyalari markazi
    • - Axborot-resurs markazi
    • - Magistratura bo‘limi
    • - Tahririy nashriyot va poligrafiya bo‘limi
    • - Sirtqi bo‘lim
    • - Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi
    • Oliy ta'lim
    • - Malaka talablari
    • - O'quv rejalar
    • - Ta’lim darajasi va ta’lim shakllari
    • - Ta’lim yо‘nalishlari
    • - Ta’lim mutaxassisliklari
    • - Stipendiyalar
    • - Davlat imtihonlari
    • - Yozgi maktab
    • Qo'shimcha ta'lim
    • - Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi
    • - Bir million dasturchi loyihasi doirasidagi video darslar
    • О‘rta va professional ta’lim
    • - Texnikumlar
    • - Akademik litsey
    Ilm-fan
    • Bo'limlar
    • - Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi
    • - Ilmiy – innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi
    • - Iqtidorli talabalarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
    • - O’z-o’zini moliyalashtiradigan ilmiy-tadqiqot bo’limi
    • - Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi
    • - Ilmiy nashrlar bilan ishlash bo‘limi
    • Xalqaro dastur va reytinglar
    • - O’zbekiston OTM larining milliy reytingi
    • - Quacquarelli Symonds
    • - Times Higher Education
    • Jurnallar
    • - Transport vositalari va yo’llari ilmiy jurnali
    • - Temir yo’l transporti: dolzarb masalalar va innovatsiyalar
    • - Transport xabarnomasi
    • - “Muhandis” xalqaro ilmiy jurnali
    • - Transport va texnologik mashinalar xalqaro jurnali
    • - Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish xalqaro ilmiy jurnali
    • - Axborot tizimlari. Texnologiyalari. Transport
    • Ilmiy kengashlar
    • - Ilmiy darajalar beruvchi kengashlar
    • - Mavjud ixtisosliklar
    • - Malakaviy imtihonlar
    • - Doktorantura
    • Ko‘rsatkichlar
    • - Universiteti olimlarining ilmiy faoliyat natijalari
    • - Maqolalar
    • - Patentlar
    • - Monografiyalar
    Xalqaro aloqalar
    • Boshqarma va bo'limlar
    • - Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
    • - Akademik mobillik, xorijiy grantlar va institutlar bilan ishlash bo'limi
    • - Xalqaro ta’lim dasturlari bilan ishlash bo'limi
    • - Xorij bilan hamkorlik markazi
    • - O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik markazi
    • - “Language Club” xorijiy tillar markazi
    • Faoliyat
    • - Amaldagi loyihalar
    • - Xalqaro hamkorlar
    • - Xorijiy talabalarga
    • - Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar
    • - Xorijda malaka oshirish va ta’lim
    • - Work and Travel
    • - Erasmus
    Ma‘naviyat
    • Madaniy-ma’rifiy faoliyat
    • - Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
    • - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi
    • - To‘garak va klublar
    • - Tanlovlar, musobaqa va stipendiyalar
    • - Talabalar shaharchasi
    • - Muzey
    • - Psixologik Yordam Markazi
    • - Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim
    • - Talabalar hayotidan fotogalereya
    • - Maqsud Shayxzoda stipendiyasi
    • - Universiteti odob-axloq kodeksi va ichki - tartib qoidalari
    • Jamoat birlashmalari
    • - Jamoatchilik Kengashi
    • - Ma’naviyat va ma’rifat kengashi
    • - Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi
    • - Nuroniylar kengashi
    • - Talabalar Kengashi
    • - Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
    • - “Transportchilar” sport klubi
    Qabul komissiyasi
    • - Qabul komissiyasi tarkibi
    • - Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga qabul
    • - Bakalavriatning sirtqi ta'lim shakliga qabul
    • - Bakalavriatning masofaviy ta'lim shakliga qabul
    • - Magistraturaga qabul
    • - 2- va undan keyingi oliy ta'limga qabul
    • - Xorijiy fuqorolar qabuli
    • - O'qishni tiklash
    • - Talabalar o'qishini ko'chirish
    • - Xalqaro ta'lim dasturlari
    • - Aloqa
    • - Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar
  • ENDOWMENT FUND
  • Axborot xizmati
    • Axborot xizmati
    • Rasmiy veb-sayt, ommaviy axborot vositalari, telegramm-kanal, Facebook sahifalarini axborot bilan ta'minlashi hamda boshqa axborot manbalari bilan ishlab, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifing va press-turlarni tashkil qilish orqali universitet faoliyati haqidagi axborotlarni muntazam, to‘liq va o‘z vaqtida berib borishi kerak.
    • Yangiliklar
    • Kutilayotgan tadbirlar
    • Videoroliklar
    • Fotolavhalar
    • OAV biz haqimizda
    • Talabaga ko'rsatma
    • Arizalar, takliflar hamda shikoyatlar
    • Rektorga murojaat qilish
    • Aloqa
  • Universitet
    • Universitet
    • Toshkent davlat transport universiteti transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
    • Biz haqimizda
    • Strategik rivojlantirish dasturi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Tarix
    • Asosiy ma'lumotlar
    • Me’yoriy hujjatlar
    • Moliyaviy hisobotlar
    • Universitet nizomi
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • Gender tenglik
    • Tuzilma va boshqaruv organlari
    • Tashkiliy tuzilma
    • Kuzatuv Kengashi
    • Universitet Kengashi
    • Jamoatchilik kengashi
    • Rektorat
    • Fakultetlar
    • Kafedralar
    • Boshqarma va bo'limlar
    • Markazlar
    • Muzey
    • Sport majmuasi
  • Ta‘lim
    • Ta‘lim
    • Universitet transport ta’lim sohasi bо‘yicha Respublikada tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bugungi kunda universitetda kredit-modul tizimi asosida aviatsiya transporti, temir yо‘l transporti, avtomobil transporti hamda qurilish sohalariga 60 ta bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va 41 ta magistratura mutaxassisligi bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
    • Boshqarma va bo'limlar
    • O‘quv-uslubiy boshqarma
    • Masofaviy taʼlim tashkil etish va rivojlantirish markazi
    • Raqamli ta‘lim texnologiyalari markazi
    • Axborot-resurs markazi
    • Magistratura bo‘limi
    • Tahririy nashriyot va poligrafiya bo‘limi
    • Sirtqi bo‘lim
    • Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi
    • Oliy ta'lim
    • Malaka talablari
    • O'quv rejalar
    • Ta’lim darajasi va ta’lim shakllari
    • Ta’lim yо‘nalishlari
    • Ta’lim mutaxassisliklari
    • Stipendiyalar
    • Davlat imtihonlari
    • Yozgi maktab
    • Qo'shimcha ta'lim
    • Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi
    • Bir million dasturchi loyihasi doirasidagi video darslar
    • О‘rta va professional ta’lim
    • Texnikumlar
    • Akademik litsey
  • Ilm-fan
    • Ilm-fan
    • Doimiy oʻsish imkoniyatidan foydalaning. Toshkent davlat transport universiteti илмий-тадқиқот департаменти iqtidorli talabalar, yosh olimlar va universitet professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda doimo yordam berib kelmoqda.
    • Bo'limlar
    • Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi
    • Ilmiy – innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi
    • Iqtidorli talabalarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
    • O’z-o’zini moliyalashtiradigan ilmiy-tadqiqot bo’limi
    • Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi
    • Ilmiy nashrlar bilan ishlash bo‘limi
    • Xalqaro dastur va reytinglar
    • O’zbekiston OTM larining milliy reytingi
    • Quacquarelli Symonds
    • Times Higher Education
    • Jurnallar
    • Transport vositalari va yo’llari ilmiy jurnali
    • Temir yo’l transporti: dolzarb masalalar va innovatsiyalar
    • Transport xabarnomasi
    • “Muhandis” xalqaro ilmiy jurnali
    • Transport va texnologik mashinalar xalqaro jurnali
    • Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish xalqaro ilmiy jurnali
    • Axborot tizimlari. Texnologiyalari. Transport
    • Ilmiy kengashlar
    • Ilmiy darajalar beruvchi kengashlar
    • Mavjud ixtisosliklar
    • Malakaviy imtihonlar
    • Doktorantura
    • Ko‘rsatkichlar
    • Universiteti olimlarining ilmiy faoliyat natijalari
    • Maqolalar
    • Patentlar
    • Monografiyalar
  • Xalqaro aloqalar
    • Xalqaro aloqalar
    • Chet el davlatlar bilan ta’lim sohasida tarjiba almashish, maqsadida ko‘plab dasturlar orqali professor-o‘qituvchilar va talabalarni xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tash hamda grant asosida o‘qish imkoniyatlarini yaratilmoqda.
    • Boshqarma va bo'limlar
    • Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
    • Akademik mobillik, xorijiy grantlar va institutlar bilan ishlash bo'limi
    • Xalqaro ta’lim dasturlari bilan ishlash bo'limi
    • Xorij bilan hamkorlik markazi
    • O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik markazi
    • “Language Club” xorijiy tillar markazi
    • Faoliyat
    • Amaldagi loyihalar
    • Xalqaro hamkorlar
    • Xorijiy talabalarga
    • Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar
    • Xorijda malaka oshirish va ta’lim
    • Work and Travel
    • Erasmus
  • Ma‘naviyat
    • Ma‘naviyat
    • Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish va ko‘maklashish maqsadida turli tadbirlar, tanlovlar va loyihalar tashkil etib kelinmoqda.
    • Madaniy-ma’rifiy faoliyat
    • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
    • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi
    • To‘garak va klublar
    • Tanlovlar, musobaqa va stipendiyalar
    • Talabalar shaharchasi
    • Muzey
    • Psixologik Yordam Markazi
    • Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim
    • Talabalar hayotidan fotogalereya
    • Maqsud Shayxzoda stipendiyasi
    • Universiteti odob-axloq kodeksi va ichki - tartib qoidalari
    • Jamoat birlashmalari
    • Jamoatchilik Kengashi
    • Ma’naviyat va ma’rifat kengashi
    • Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi
    • Nuroniylar kengashi
    • Talabalar Kengashi
    • Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
    • “Transportchilar” sport klubi
  • Qabul komissiyasi
    • Qabul komissiyasi
    • Toshkent davlat transport universiteti transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
    • Qabul komissiyasi tarkibi
    • Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga qabul
    • Bakalavriatning sirtqi ta'lim shakliga qabul
    • Bakalavriatning masofaviy ta'lim shakliga qabul
    • Magistraturaga qabul
    • 2- va undan keyingi oliy ta'limga qabul
    • Xorijiy fuqorolar qabuli
    • O'qishni tiklash
    • Talabalar o'qishini ko'chirish
    • Xalqaro ta'lim dasturlari
    • Aloqa
    • Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar
  • Til tanlash
    • UZ
    • RU
    • ENG

 

Ko’priklar va tonnellar

Ko’priklar va tonnellar


Kafedra tarixi

TDTU Qurilish fakultetining «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasi to’g’risida so’z yuritganda, 88 yil mobaynida O’rta Osiyo Respublikalari temir yo’llari uchun muhandis-texnik xodimlarni tayyorlashda shu kafedraning tarixi va o’zlarini baxshida etgan insonlar xaqida aytish lozimdir.
Uning tarixi 1932 yilda O’rta Osiyodagi temir yo’l muhandislari institutini yo’l bo’limida «Ko’priklar va inshootlar» kafedrasi tashkil etilinishidan boshlanadi.
Kafedraning (1932 yildan 1960 yilgacha) tashabbuskori va birinchi rahbari bo’lib O’zbekistonda ilm-fan va texnika bo’yicha hizmat ko’rsatgan arbob, hamda 1937 yildan 1953 yilgacha institutning Qurilish fakultetiga rahbarlik qilgan t.f.n., dotsent K.A. Pogorelko hisoblanadi. Tajribali pedagog va uslubiyatchi, savodli tashabbuskor va muhandis, ikkita institutni bitirgan (Rossiya va Frantsiyada) dots. Pogorelko K.A. yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda atoqli an’analarga asos solgan.
Kafedrada o’quv jarayonini mukammallashtirish bo’yicha talabalar uchun fan-texnika to’garaklari tashkil qilingan edi. 1940 yilda talabalarning birinchi fan-texnika anjumani o’tkazilgan, bu anjumanda 34 ma’ruza tinglangan bo’lib, ular orasida «Ko’priklar va inshootlar» kafedrasidan talabalar ham ishtirok etishgan edilar. O’quv jarayonining sifati va mutaxassislarning malakasini oshirish bo’yicha olib boriladigan ishlardan tashqari, kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarida xam faol ishtirok eta boshladi. Shu sababli, 1937 yildan boshlab kafedrada «Temirbetonning inshootlar choklarini payvandlashning texnik shartlari» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.
1960 yildan 1962 yilgacha kafedraga tajribali o’qituvchi, Ulug’ Vatan urushi qatnashchisi, yoshlar murabbiysi, haqiqiy vatanparvar va printsipial inson, ham qurilish konstruktsiyalarini hisoblashda va loyihalashda mutaxassis, texnik fanlari nomzodi, dots. S.V. Subbotin boshqargan.
1962 yilda kafedra ikkiga bo’lingan: «Zamin, poydevorlar va ko’priklar» va «Qurilish konstruktsiyalari». 1962 yildan 1974 yilgacha «Zamin, poydevorlar va ko’priklar» kafedrasini 1948 yilda ToshTYMI qurilish fakultetining bitiruvchisi, gruntlar mexanikasi va poydevor qurilishi bo’yicha yirik mutaxassis, texnika fanlari nomzodi dots. G.Z. Chaxvadze boshqargan. U o’zining 40 yildan ortiq umrini kafedraning rivojlanishi va ravnaq topishiga bag’ishladi, sanoat va fuqaro binolar uchun zamin va poydevorlarni hisoblash sohasida oliy malakali mutaxassislarni yetishtirib chiqardi. Samarali faoliyati va oliy malakasi uchun G.Z. Chaxvadzega “Fahriy transport quruvchisi” unvoni berilgan. 1962 yildan 1967 yilgacha «Sanoat va fuqaro binolari» fakultetining dekani lavozimida ishlagan. Yangi «Qurilish konstruktsiyalari» kafedrasiga ancha vaqt davomida dots. S.V. Subbotin bosh bo’lgan. 70-yillardan boshlab o’quv jarayoniga texnik o’qitish vositalari jalb etilganligi uchun maxsus (ixtisoslashtirilgan) auditoriyalar tashkil qilinadi, texnik o’quv vositalaridan foydalangan holda ma’ruzalar stsenariyalari, uslubiy va o’quv qo’llanmalar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
1974 yildan 1984 yilgacha kafedrani O’zbekiston Respublikasida temirbeton ko’priklarni hisoblashda va ekspluatatsiya qilishda mashhur mutaxassis texnika fanlari nomzodi, dots. A.M. Muxitdinov boshqargan. Mehnatsevar, savodli muhandis A.M. Muxitdinov kafedraning ilmiy izlanishlarini “Respublikaning regional o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib ko’priklarni hisoblash va qurilish texnologiyalarini mukammallashtirish” muammolariga yo’naltirdi.
1984 yildan 2003 yilgacha texnika fanlari doktori, prof. R.K. Mamajanov boshqargan. 2003-2004 yillari kafedraga t.f.n. G’aniyev I. mudirlik qilgan. 2005 yil kafedra mudirligiga t.f.n. dots. Raupov Ch.S. tayinlangan.

Kafedra o’zining nomini qurilish fakultetining boshqa kafedralari bilan birlashtirilganligi sababli bir necha bor o’zgartirgan:
  • 1988-1992 yillar – «Injener inshootlari va geodeziya»;
  • 1992-1995 yillar – «Ko’priklar va qurilish konstruktsiyalari»;
  • 1995-1997 yillar – «Ko’priklar va transport tonnellari»;
  • 1997-1999 yillar – «Ko’priklar va qurilish mexanikasi»;
  • 1999-2005 yillar – «Ko’priklar va tonnellar».
Turli yillarda kafedrada ishlagan va ishlab kelayotganlar: dotsentlar F.I. Voronov, N.V. Belogujev, K.A. Yermalayenko, A.G.Federov, V.P Shulgina, E.N. Vayman, I.G. Ganiyev, I.I. Nikolayev, V.V. Stepanenko, Ye.K. Rodionov, U.X. Magdeyev, T.Sh. Axmedov, A.F. Rasulev, G.D. Jukov, I.O. Dubinchik, K.N. Norxo’jayev, A.V. Vaxidov, M.Yu. Dusmuxamedov, R.A. Akchurin, A.A. Axadov, S.S. Ajidinov; katta o’qituvchilar I.B. Tinkov, X.T. Kayumova, B.V. Ziyavutdinov, G.D. Lixoletov, B.V. Starchenko, M.I. Panfilov; assistentlar Sisoykin Yu.Ya, F.M. Shershova; N.M. Matveyeva, I.P. Syusksomova, E.V. Degtyar, L.I. Peryazova, Ye.V. Sherbakova, N.N. Axmedov, M.R. Boltaboyev, I.A. Saminov, A.X. Baxriddinov.
Professor Mamajanov R.K. 1962 yili ToshTYMI ning qurilish fakultetini bitirgan, O’zbekistonda ko’priklarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish sohasida yirik mutahassis bo’lib, ko’prik konstruktsiyalari ishonchliligi sohasida ilmiy maktab yaratgan. U qator yosh ilmiy xodimlarni tayyorlab yetishtirgan, ulardan 10 tasi nomzodlik va 1 doktorlik dissertatsiyalarni himoya qilgan va O’zbekiston Respublikasini yosh ko’prik tadqiqotchilar qatorini boyitishdilar. Hozirgi vaqtda t.f.d., prof. Mamajanov R.K. «O’zog’irsanoatloyixa» instituti ilmiy ishlar bo’yicha maslahatchisi, kafedraning faol a’zosi va filiali tashkilotchisi, kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy aloqalarini rivojlantirishda katta jonbozlik ko’rsatgan.

Shu davrda kafedraning asosiy ilmiy ishlari yo’nalishi quruq issiq iqlim va lessli gruntlar sharoitlarida transport inshootlari konstruktsiyalarining ishonchliligini tadqiqot qilish bilan bog’liq bo’lgan. Oraliq qurilmalarni, qoziqli poydevorlarni, transport va fuqaro binolari (inshootlari), lyossli gruntlarning mustahkamlik va deformatsion tavsiflarini ishonchliligiga o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari o’sha yillardagi xo’jalik shartnomalarning asosiy hajmini tashkil etgan bo’lib, ushbu natijalar amaliyotda ishlab chiqarishga joriy etildi hamda iqtisodiy va ijtimoiy samarani ta’minladi. 80-yillardan boshlab kafedra hisoblash texnikasi va shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlandi, talabalar bilan individual ishlash uchun maxsus auditoriyalar yaratildi. Shahsiy kompyuterlarning kurs va diplom loyixalarini ishlab chiqishda qo’llanilishi talabalarning Amaliy tayyorgarliklari darajasini yuqori pog’onaga ko’tarilishiga olib keldi.
Ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqani mustahkamlash uchun, tajribali ishlab chiqarishdagi mutaxassislarni o’qituvchilik faoliyatiga jalb etish maqsadida, kafedra laboratoriya ishlarini va amaliyot darslarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkaza boshladi. Transport qurilishi vazirligiga qarashli «№7-ko’prikqurilish» tresti qoshida «Muhandislik inshootlari va geodeziya» kafedrasining yana bir filiali tashkil qilindi. Diplom loyihalarini ishlab chiqishda ishlab chiqarish mutahassislarining takliflari inobatga olina boshladi. 1985 yildan boshlab kafedralarga tegishli filiallarda diplom loyihasini himoya qilishni amalda qo’llana boshlandi.
1990-1995 yillar o’qitiladigan fanlarga kompyuter texnikasi va dasturlashtirishning joriy etilishi bilan tavsiflanadi. Bu yillar ToshTYMI rektorati kafedralarni va institut bo’limlarini kompyuter texnikaci bilan ta’minlash, fakultet kompyuter markazlarini tashkil etish va kompterda ishlash uchun o’qitish kurslarni tashkil etish borasida faol ish olib bordi. «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasining bir qator o’qituvchilari kompyuter dasturlarini ilmiy-tadqiqot ishlarida qo’llay boshladilar.
Ta’lim etaloni darajasi sifatida bakalavr va magistrlar tayyorlash asosiy yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha Davlat ta’lim standartlari qabul qilingan. Shu munosabat bilan «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasi tomonidan quyilgan masalalarga javob beradigan bir qator xujjatlarni ishlab chiqarishda katta ish qilindi. Hususan, bakalavriat yo’nalishlari yoki magistratura mutahassisliklari uchun «Davlat ta’lim standartlari», o’quv rejalar va kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha namunaviy dasturlar ishlab chiqildi. Bu davrda «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasida o’zbek tilida ilmiy-uslubiy adabiyotlar yaratish bo’yicha ulkan ishlar olib borildi.
2006 yilda boshqa kafedralardan bir necha fanlar kafedraga biriktirilganligi munosabati bilan va «Ko’priklar va transport tonnellaridan foydalanish» magistratura mutaxassisligi ochilganligi uchun kafedraga «Qurilish konstruktsiyalari, ko’priklar va inshootlar» deb yangi nom berildi. Kafedra mudiri sifatida Rossiya arxitektura va qurilishi fanlar akademiyasining a’zosi, qurilish konstruktsiyalarni va ko’priklarni nazariy va uslubiy hisoblashlar sohasida respublika hamda xorijda mashhur mutaxassis, tajribali murabbiy va pedagog, g’ayratli tashabbuskor t.f.d., prof. A.A. Ashrabov saylangan.
2005-2006 yy. va 2007-2017 yillarda kafedrani t.f.n. dots. Raupov Ch.S. boshqardi. Raupov Ch.S. kafedrada olib borilgan «Ekspluatatsiyadagi transport inshootlarini texnik diagnostikasi, rekonstruktsiyasi va konstruktsiyalarini kuchaytirish usullarini takomillashtirish» mavzusiga oid ilmiy yo’nalish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari rahbari va mas’ul ijrochisi sifatida ish yuritgan, izlanish va davlat grantlariga ega bo’lish yo’llari bilan ilmiy izlanishlarni mablag’lantirish masalalariga katta e’tibor qaratgan. Kafedra mudiri sifatida o’quv jarayoniga zamonaviy ta’lim uslublari va texnik vositalarini, kompyuter texnikasini targ’iboti hamda o’quv jarayoniga joriy etilishiga, talablar standartlarini ishlab chiqilishi, kafedra fanlariga oid o’quv rejalari va ishchi rejalarini ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratgan. Kafedra fanlarini o’zbek va rus tilidagi o’quv-me’yoriy adabiyotlar bilan ta’minlanishi, o’quv jarayonida hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida qo’llanadigan dasturiy ta’minot hamda ma’lumotlar bazasini qo’lga kiritish va o’zlashtirish, yosh mutaxassislardan izlanuvchi, stajirovkachi, magistrant va aspirant yoshlarni kafedraning pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish borasida katta ish olib borgan.
Shu davrda ko’plab respublikaning (TDTU, TAYI, TAQI, Samarqand DAQI,Farg’ona PI), Rossiya (MIQI, MIIT, MAYI, S-PTYU va b.) Qozog’iston (Qozog’iston transport akademiyasi, Qizil- o’rda qurilish universiteti) va b. qardosh OTM va ITI lar bilan ijodiy aloqalar bog’landi. Kafedra talabalari va bitiruvchilari MIIT va S-PTYU o’z ta’limlarini davom ettirdilar, aspiranturalarda taxsil olib ilmiy izlanishlarini olib borganlar.
Ch.S. Raupov t.f.d., prof. Ishanxodjayev A.A. (o’rindosh), t.f.d., prof. Salyamova K.Dj. (o’rindosh), t.f.n., dots. Krasin N.A., t.f.n., dots. Raxmonov U.I., t.f.n., Shermuxamedov U.Z., katta o’qituvchilar Qayumova X.T., Ziyavitdinov B.V., assistentlar Saminov I.A., Yaxshiyev E.T., Umarov X.K, Abduraimov U.K., Mirzayeva Z.A., kab. mudiri Ismoilova G.B. lardan tashkil topgan ijodiy ilmiy-pedagogik kollektivni yaratgan.

2017 yildan boshlab kafedra mudiri bo’lib t.f.n. dots. Shermuxamedov U.Z. ish olib bormoqda.
“Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi o’quv bazasida “Muhandislik geodeziya” va “Muhandislik geologiyasi”, “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar” fanlaridan laboratoriya mashg’ulotlari olib boriladi. Quyida keltirilgan jadvalda ular haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.


2017 yilda kafedrada yangi bakalavriat ta’lim yo’nalishi 5340600 – Transport inshootlari ekspluatatsiyasi (ko’priklar va tonnellar) ochildi. Bu sohaga bevosita ko’priklar va tonnellarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi bo’yicha mutaxassislarni yetkazib berish yo’lida muhim qadamlardan biri bo’ldi.
Kafedra professor-o’qituvchilarining ko’prik qurilish ob’ektlarida stajirovkasini tashkil etish bo’yicha “Ko’prikqurilish” tresti UK bilan imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq kafedra o’qituvchilari o’z bilimlarini qurilish maydonida yanada oshirish, shuningdek, qurilish jarayonini videotasvirlarga muhrlab, talabalarga dars davomida namoyish etish bo’yicha videoroliklar tayyorlandi.

Kafedrada tahsil oluvchi talabalarning qurilish ob’ektlariga ekskursiyalari yo’lga qo’yildi. Kafedra mudiri va professor-o’qituvchilar boshchiligida talabalar Yunusobod metropoliteni ikkinchi bosqich qurilishi, Toshkent Halqa metropoliteni hamda Sergeli metropoliten liniyasi qurilish jarayonlarini o’rganish maqsadida qurilish ob’ektlarida bo’ldilar. Toshkent shahridagi bir nechta yo’l o’tkazgichlar, ko’priklar qurilish jarayonida, mavjud ko’priklarga uyushtirilgan ekskursiyalarda ishtirok etdilar. Shuningdek, kafedrada “Ko’priksoz” konstruktorlik to’garagi va “Yosh geodezist” iqtidorli talabalar klubi faoliyat yuritmoqda.
“Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida ish beruvchi tashkilotlar – “Ko’prikqurilish” tresti UK, “Ko’prikqurilishloyiha” MChJ, “Boshtransloyiha” AJ mutaxassislari ishtirokida 2017 yildan beri 30 ga yaqin uchrashuvlar, davra suhbatlari o’tkazilib, bitiruvchi talabalar kelgusi ish joylari vakillari bilan muloqotga kirishishlari uchun imkoniyat yaratildi.
Innovatsion ilmiy ishlanmalar orqali mamlakat ko’priksozligini rivojlantirish “Ko’priklar va tonnellar” kafedrasining pirovard maqsadidir. Kafedra professor-o’qituvchilari xo’jalik shartnomalari asosida 2012–2020 yillarda “O’zbekiston Respublikasi seysmik sharoitlarini hisobga olgan holda yuqori tezlikdagi temir yo’l magistrallari estakada yechimini ishlab chiqish va kompyuter dasturiy majmualaridan foydalangan holda loyihalashni optimizatsiyalash”, “Vibrodinamik ta’sirlarni hisobga olgan holda “Toshkent–Samarqand” yuqori tezlikdagi liniyasidagi ko’prik kontruktsiyalarini hisoblash metodikasini ishlab chiqish”, “O’zbekiston Respublikasi regional sharoitlarini hisobga olgan holda temir yo’l to’sinli ko’prik va yo’lo’tkazgich tayanchlaridagi bo’ylama seysmik tebranishlarni so’ndirishning samarador uslublarini ishlab chiqish”, O’zbekiston Respublikasi iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda temir yo’l temirbeton ko’priklari oraliq qurilmasi ko’prik polotnosini o’zi zo’riqadigan betondan foydalangan holda yangi konstruktsiyasini ishlab chiqish” ilmiy tadqiqot grantlarini bajarib kelmoqdalar.
Yosh ilmiy tadqiqotchilar ilmiy faoliyatini tashkil etish maqsadida kafedra aspirantlari Toshkent Davlat Transport Universiteti, Peterburg davlat temir yo’llar universitetlarida tahsilni davom ettirmoqdalar.
Kafedra laboratoriyalari moddiy texnik bazasini boyitish, zamonaviy laboratoriya jihozlarini xarid qilish orqali ta’lim sifatini oshirish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 400 mln so’mlik yangi zamonaviy geodezik asboblar, gruntlar mexanikasi bo’yicha laboratoriya jihozlari kafedrada mavjud. Zamonaviy jihozlarni qurilish jarayonida qo’llash maqsadida loyiha qurilish tashkilotlari uchun ko’rgazmalar tashkil etildi.

Quyidagi fanlar o’qitiladi

Мuhandislik geodeziyasi;
Monolit kо‘priklar qurilishi;
Maxsus fanlarni о‘qitish metodikasi;
Kо‘prik va tonnellarni loyihalash va qurish;
Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi;
Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar;
Transport inshootlarining zilzilabardoshligi;
Transport inshootlarini loyihalash va qurish;
Kо‘priklar va tonnellarning zilzilabardoshligi;
Transport inshootlarini loyihalash va qurish;
Inshootlarni loyihalashni avtomatizatsiyalash;
Tonnellar va metropolitenlarni loyihalash va qurish;
Sun’iy inshootlarni loyihalashni avtomatizatsiyalash;
Transport inshootlarini loyihalashning ilmiy asoslari;
Transport inshootlarining ekspluatatsion ishonchliligi;
Qurilish fani va texnologiyalarining asosiy yо‘nalishlari;
Transport inshootlari qurilishini texnologiyasi va tashkili;
Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi va reabilitatsiyasi;
Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi, kо‘priklar va tonnellar;
Kо‘priklar va tonnellar qurilishini tashkillashtirish va rejalashtirish.

Ilmiy faoliyat

Ch.S. Raupov, Shermuxamedov U.Z., Umarov X.Q. Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi. Darslik. 2020 y.
Rashidov T.R., ShermuxamedovU.Z. Transport inshootlarining zilzilabardoshligi. Darslik. 2020 y.
Shermuxamedov U.Z. Tezyurar va yuqori tezlikdagi magistrallar transport inshootlarining ekspluatatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. Гриф №285. 4 may 2020 y.
S.S. Salixanov. Transport inshootlarini loyihalash va qurish. 1-qism. Ko’priklarni loyihalash va hisoblash. O‘quv qo‘llanma. Гриф №285. 4 may 2020 y.
Raxmanov U. Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar. O‘quv qo‘llanma. Гриф №285. 4 may 2020 y.
Shermuxamedov U.Z. Transport inshootlarining zilzilabardoshligi. O‘quv qo‘llanma. Гриф № 394-164. 2 may 2019 y.
Чижов С. В. (ПГУПС), Раупов Ч.С., Яхшиев Э.Х. (ТашИИТ). Содержания транспортных сооружений. 1-том. Для студентов и аспирантов строительных ВУЗов и факультетов. Darslik. Гриф №892. 4 октябр 2019 й.
Чижов С. В. (ПГУПС), Раупов Ч.С.(ТашИИТ). Содержания транспортных сооружений. 2-том. Для студентов и аспирантов строительных ВУЗов и факультетов. Darslik. Гриф №892. 4 октябр 2019 й.
Transport inshootlarini loyihalash va qurish (I-tom). S.S.Salixanov. Darslik. Toshkent, «Complex Print» nashriyoti, 2018. – 405b.
Transport inshootlarini loyihalash va qurish (II-tom). S.S.Salixanov. Darslik. Toshkent, «Complex Print» nashriyoti, 2018. – 380b.
Qayumova H.T., To’laganov A.X. Muhandislik geodeziyasi. O‘quv qo‘llanma. Гриф № 133-224. 9 февраль 2019 й./Сomplex print, нашриёти. 2018й.
Raxmanov U. Muhandislik geologiyasi va gidrogeologiya. Гриф № 531-047. 14 iyun 2018 y./ Сomplex print, нашриёти. O‘quv qo‘llanma. 2018 y.
Ch.S. Raupov, S.S. Salixanov, Transport inshootlarini loyihalash va qurish. Temir yo‘llardagi tonnellar va quvurlar 1 tom. O‘quv qo‘llanma. Гриф № 434-206. 28 iyun 2017 y.
Ch.S. Raupov, S.S. Salixanov, Transport inshootlarini loyihalash va qurish. Temir yo‘llardagi tonnell ko’priklar 3 tom. O‘quv qo‘llanma. Гриф № 434-208. 28 iyun 2017 y.
Ch.S. Raupov, S.S. Salixanov, Transport inshootlarini loyihalash va qurish. Temir yo‘llardagi temirbeton ko’priklar. 2-tom. O‘quv qo‘llanma. Гриф № 434-207. 28 iyun 2017 y.
Ch.S. Raupov. Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi, sinovi va reabilitatsiyasi 1 - tom. Darslik. Гриф № 434-209. 28 iyun 2017 y.
Ch.S. Raupov. Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi, sinovi va reabilitatsiyasi. 2- tom. Гриф № 434-210. 28 iyun 2017 y.
Салиханов С.С. Экспериментально - теоретические исследования мостового полотна из бетона на напрягающем цементе. Монография. 2020г.
Раупов Ч.С. Керамзитобетон для танспортного строительства Чижов с.в.,Раупов Ч.С., Яхшиев Э.Т. Применение дисперсно- армированного железобетонного пролетного строения моста на высокоскоростных железнодорожных магистралях Республики Узбекистан
Шермухамедов У.З. Гашение продольных сейсмических колебаний опор балочных мостов с сейсмоизолирующими опорными частями. Монография/ Ташкент, 2020. – 260 стр.
A14-006. O'zbekiston Respublikasi regional sharoitlarini hisobga olgan holda temir yo'l to'sinli ko'priklari va yo'l o'tkazgichlari tayanchlarini bo'ylama seysmik tebranishlardan so'ndirishning samarali usullarini ishlab chiqish (2012-2014 yy.).
A14-007 – “O'zbekiston Respublikasi regional sharoitlarida foydalaniladigan fibroarmaturali plastiklar bilan kuchaytirilgan temir yo'l ko'priklarining temirbeton konstruktsiyalarini tiklash va kuchaytirish loyihasi va texnologiyasi hamda hisoblash metodikasi bo'yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish” (2012-2014 yy.)
YA14-001. “Toshkent-Samarqand” tezyurar liniyasidagi ko'prik konstruktsiyalarini vibrodinamik yuklarni hisobga olib hisoblash usullarini ishlab chiqish. (2014-2015 y.).
YA14–001 «O'zbekiston Respublikasi klimatik sharoitlarini hisobga olgan holda temir yo'l ko'priklari temirbeton oraliq qurilmalarining oldindan zo'riqadigan betonli qatnov qismini yangi konstruktsiyasini ishlab chiqish». (2016-2017 yy.).
BV-Atex -2018-14 “O'zbekiston Respublikasi sharoitida yuqori tezlikda harakatlanish magistrallari estakadalari konstruktsiyasining kompьyuter dasturiy majmualaridan foydalanib eng maqbul variantini ishlab chiqish” (2018-2020 yy.).



Bakalavriat yo‘nalishlari

  • 60730801 - Yo‘l muhandisligi: ko‘priklar va tonellar
  • 60722600 - Geodeziya va geoinformatika


Magistratura yo‘nalishlari

  • 70730802 - Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (ko‘priklar va tonnellar)


KAFEDRA MUDIRI

Shermuxamedov Ulug’bek Zabixullayevich


Professor , Texnika fanlari doktori



KAFEDRA PROFESSOR O`QITUVCHILARI TARKIBI

Raupov Chorikul Salixovich


, Texnika fanlari nomzodi

Salixanov Saidxon Salixanovich


, Texnika fanlari nomzodi

Raxmanov Usarkul XXX


, Texnika fanlari nomzodi

Turgunbaeva Jumagul Raximberdiyevna


,

Mirzaeva Zamira Maxamadazizovna


,

Xakimova Yakutxon Tulyaganovna


,

Ismailova Gulcheхra Bakidjanovna


,

O’razov Humoyun O’tkir o’g’li


,

Abdusattorov Asqarxo’ja Abdumavlon o’g’li


,

Karimova Аnora Baxtiyorovna


,


Ilmiy markaz

O‘quv laboratoriyalari

Ko’priklar va tonnellar o`quv laboratoriyasi

Yangiliklar

30/08/24
O‘quv kursi
Oliygohlar kadrlar bo‘limi boshliqlarining mehnat sohasiga oid kasbiy ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda
16/08/24
Qabul-2024
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar bilan suhbat.
10/08/24
RASMIY XABAR
Toshkent davlat transport universitetida 2024-2025 oʻquv yilida qabul qilingan bakalavriat va magistratura boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdorlari (yoʻnalishlar kesimida)
27/07/24
Davlat stipendiyalari uchun universitet bosqichi tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi
22/07/24
Bitiruvchi – 2024
Toshkent davlat transport universitetida “Bitiruvchi – 2024” diplom topshirish marosimi tashkil etildi

Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy
100167

rektorat@tstu.uz 1318

© 2020-2024 Toshkent davlat transport universiteti.


Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy
100167

rektorat@tstu.uz +998 71-299-00-01

© 2020-2024 Toshkent davlat transport universiteti.