Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar
Texnikum bitiruvchilarini oliy taʻlim muassasasi bakalavriat taʻlim yoʻnalishiga suhbat asosida qabul qilish uchun baholash mezonlari
Suhbat jarayonida bitiruvchilarning har biriga Mamlakatda oʻz sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish. Bakalavriat taʻlim yoʻnalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish,unga doimiy qiziqish koʻrsatish).
Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar(oʻqishga qobiliyat,kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat,intizomlilik,hamjihatlik,masʻuliyatlilik,qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari).
Tanlangan bakalavriat taʻlim yoʻnalishi sohasidagi bilim va kasbiy koʻnikmalarning mavjudligi boʻyichajami toʻrtta savol beriladi.
Har bir variantda 4 tadan savollari mavjud boʻlib,har bir toʻgʻri javob uchun 25 ball beriladi. Savollar uchun eng yuqori ball – 100 ballni tashkil etadi. Suhbat natijalari quyidagi mezonlar boʻyicha toʻplagan umumiy bali quyidagicha baholanadi.
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varagʻiga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan aʻzolari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtachasi 67 ball va undan yuqori boʻlganda abituriyent suhbatdan oʻtgan hisoblanadi.
Muayyan taʻlim yoʻnalishi (guruh) boʻyicha oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra suhbatdan oʻtganlar roʻyxati shu kunning oʻzida abituriyentlarga oʻqib eshittiriladi.
Oliy taʻlim muassasasida suhbatlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyasiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya shikoyatlari suhbat natijalari eʻlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida oliy taʻlim muassasasida toʻgʻridan-toʻgʻri yozma shaklda yoki Oliy vaoʻrta maxsus taʻlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn shaklda qabul qilinadi va appelyasiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda videoyozuv asosida koʻrib chiqiladi.
Suhbat natijalariga koʻra talabalikka tavsiya etilganlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlar natijalar eʻlon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda oliy taʻlim muassasasi rektori (filialdirektori) tomonidan boʻysunuvi boʻyicha vazirlik,idoraga taqdim etiladi.
Suhbat komissiyasining suhbat natijalarini qayd etish hamda suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varaqlari uch yil oliy taʻlim muassasasida saqlanadi.
Texnikum bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish uchun baholash mezoni
Dastur va baxolash mezoni (yuklash)
Yangiliklar